O‘zbekistonliklar MXX vakolatlarini qisqartirishni taklif qilishmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat dasturi loyihasida hayotiy muhim milliy manfaatlarning tashqi va ichki tahdidlardan kafolatli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida "Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston qonuni loyihasini ishlab chiqilishi belgilangan

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Davlat dasturi loyihasiga kiritilgan Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqish bandi qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Sotrudnik SNB Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqiladi

"Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" davlat dasturi loyihasining 63-bandida hayotiy muhim milliy manfaatlarning tashqi va ichki tahdidlardan kafolatli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida "Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston qonuni loyihasini ishlab chiqilishi belgilangan.

2017-2021 Harakatlar strategiyasi portali davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga (2018.strategy.uz) "Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish borasida ko‘plab takliflar va fikr mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur band bo‘yicha 22 ta taklif bildirilgan. 

Ayrim mushtariylar MXX vakolatlarini qisqartirish masalasi bo‘yicha quyidagicha takliflar yozishgan:

Kozimjon Latipov: "Fikrimcha, MXX faqatgina tashqi xavfsizlik bilan shug‘ullanish kerak. Ularning vakolatini o‘ta kamaytirish kerak".

"Milliy xavfsizlik xizmati aynan razvedka, kontrrazvedka, terrorizm, davlatlararo uyushgan jinoyatchilik va shunga o‘xshash katta miqyosdagi harakatlarni o‘rganish va bartaraf etish bilan shug‘ullanishi lozim. Korrupsiya, davlat mulkini talon taroj qilish va boshqa jinoiy ishlar bilan IIV, prokuratura organlari shug‘ullanishi lozim", — deb yozgan Mehroj Usmonov.

Rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Milliy gvardiya jamoat tartibini saqlash bilan shug‘ullanadi

Adxamjon Tolakov: "Poraxo‘rlik bilan prokuratura va militsiya shug‘ullansin. Nima MXXdan boshqasi poraxo‘rlikka qarshi kurasholmaydimi? Qaysi xabarni qarasang, MXX xodimlari poraxo‘rni ushlagan bo‘lib chiqadi. A prokuror, militsiya ushlasa bo‘maydimi? Hamma o‘zini ishini qilishi kerakku. Undan tashqari, chegara qo‘shinlarini MXXdan olib, Mudofaa vazirligiga qaytarib berishni ko‘rib chiqish kerak. MXX ichki va tashqi razvedka, kontrrazvedka bilan shug‘ullanaversin, chegarani esa Mudofaa vazirligi qo‘riqlasin".

Anvar Babaqulov: "Yagona tergov organini tashkil etish lozim. Ya’ni, hozir tergov IIV, prokuratura va MXXdagi tergov boshqarmalari tomonidan olib boriladi. Shu sababli, ushbu barcha boshqarmalarni birlashtirish kerak".

Marufjon Nurullayev: "MXX boshqa davlat organlari bilan vazifalari aynan bir xil bo‘lib qolgan, vazifalarini tartibga solish kamaytirish, takrorlanuvchi vazifalarni olib tashlash, tergov bo‘yicha yagona organ ochilishi".

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
MXX to‘g‘risidagi qonun loyihasi 10-oktabrgacha ishlab chiqiladi

Dilshodbek Xamraqulov: "MXX rahbariyatini har yil yakuni bilan xavfsizlik kengashida hisobot berishi zarur. Shuningdek, MXX idoralari tomonidan vazirlik hamda yirik tashkilotlar tizimida joriy kilingan rejim xizmatini tugatish".

Boshqa mushtariylar esa MXX xodimlar sonini kamaytirish takliflarini yozishgan:

Fozil Fattox: "MXX xodimlarini sonini kamaytirish kerak. Yana ularni mayda chuyda ishlarga aralishishlarini taqiqlash zarur. Xalq ularga shunday sharoitni qilib beraptimi, demak ular xalqimizga xizmat kilishsin, aksi emas. MXXda korrupsiya ko‘p.Ularga o‘ta ko‘p vakolat berilgan. Buni cheklash kerak. MXX xalkni xizmatida bo‘lishi shart. MXXni raisiga, prezidentga mutloq buysunishi noto‘g‘ri. Avvallari MXX bir guruh vakillarni himoya kilish bilan shug‘ullandi — bu noto‘g‘ri. MXXdan xalq qo‘rkish kerak emas, ishonish kerak".

"Milliy xavfsizlik xizmati fuqarolar, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashi kerak! Ko‘pincha bu vazifani bajarish uchun ularga tajriba, ko‘nikma va malaka yetishmaganga o‘xshaydi. Ularning professionalligini oshirish kerak. Bizning aholida esa MXX (yoki eskicha SNB) desa, faqat jazolash organini tushuniladi", — deb izoh yozgan Sobirjon Alimqulov.

Voyennoslujashiy VS RUz - Sputnik O‘zbekiston
MXX ochiq eshiklar kunini o‘tkazdi

Farxod Abdurahmonov: "Milliy xavfsizlik xizmatining asosiy ish faoliyati razvedka, kontrrazvedka, davlatlararo uyushgan jinoyatchilik, tashqi tahdid masalalari bo‘lishligi yaratilajak qonunda qat’iy qilib belgilanishi kerak. Ushbu idoraning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy masalalarga aralashuvini to‘xtatish lozim. Shuningdek, mazkur idorada ishlovchilar sonini qisqartirish va sohada faqatgina yetuk, professional kadrlar faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash zarur. MXX yangi qonunga ko‘ra maqomi bo‘yicha Oliy Majlisga bo‘ysunuvi tashkilot sifatida belgilansa maqsadga muvofiq bo‘ladi".

Eslatib o‘tamiz, 22-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga "Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etgandi.

"Milliy xavfsizlik xizmati idoralari bugungi kungacha 26-yil avval hukumat tasdiqlagan Nizom asosida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu Nizomga chorak asr davomida tegilmaganligi va har qanday oddiy masala ham milliy xavfsizlikka tahdid deb baholab kelinganligi ushbu idora vakolatlarining asossiz kengayib ketishiga sabab bo‘lgan. ",- deb ta’kidlagan edi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0