San’atkorlarning sahnada o‘zini tutishi va muomala madaniyati nazorat ostiga olinadi

© SputnikKonsert Yulduz Usmanovoy v amfiteatre
Konsert Yulduz Usmanovoy v amfiteatre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni ijodkorlar, san’at vakillari va jurnalistlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida san’at olamidagi hozirgi ahvolni qattiq tanqid ostiga olgandi

TOShKENT, 4 noya – Sputnik. O‘zbekiston Madaniyat vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
"Lik-lik" - xalq artisti": ijodkor ziyolilar davrasida Mirziyoyev aytgan yorqin jumlalar

Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Madaniyat vazirligi o‘rtasida tuzilgan bu hamkorlik asosida teatr san’ati, milliy va zamonaviy qo‘shiqchilik, raqs san’ati hamda teleradiokanallarda efirga uzatiladigan qo‘shiq va kliplarning mazmun-mohiyati, respublika san’at saroylarida taqdim etiladigan konsert dasturlarining o‘zbek milliy ma’naviyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan hissasini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari, ijodkorlarning faoliyati, kiyinish madaniyati, sahnada o‘zini tutishi, imidji, muomala madaniyatini nazoratga olishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik ishlari, ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiya masalalarida keng ko‘lamli faoliyat olib borish nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni ijodkorlar, san’at vakillari va jurnalistlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida san’at olamidagi hozirgi ahvolni qattiq tanqid ostiga olgandi.

Yangiliklar lentasi
0