O‘zbekistonda tovarlarni markirovka qilish yagona tizimi ishga tushadi

© Sputnik / Boris Prixodko / Mediabankka o‘tishV torgovom zale magazina.
V torgovom zale magazina. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tizim mahsulotning ishlab chiqaruvchidan do‘kon rastasigacha olib kelish tizimini nazorat qiladi va soxta mahsulot miqdorini kamaytiradi.

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini bosqichma-bosqich markirovka qilishning yagona tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan, deb xa bar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Hukumat tomonidan ishlab chiqarilgan yangi qaror loyihasida, mahsulotni ishlab chiqaruvchidan savdo rastasigacha bo‘lgan yo‘lini nazorat qilish imkonini beradi va soxta mahsulot hajmini kamaytiradi.

Masnaya produksiya na prilavke - Sputnik O‘zbekiston
Nazorat xaridi: Toshkent do‘konlarida sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari topildi

Markirovka qilinishi shart bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatiga sut, qaymoq, yogurt, kefir, kofe choy, tayyor, go‘sht, baliq va boshqa dengiz mavjudotlaridan tayyorlangan yarim tayyor va konserva mahsulotlari, osetr ikrasi,  qayta ishlangan meva va sabzavot mahsluotlari, yong‘oqlar, zaytun, kungaboqar yog‘lari, alkogol ichimliklar va boshqa bir qator oziq-ovqatlar kiritilgan.

Undan tashqari ushbu markirovka tizimi farmatsevtika sanoati mahsulotlari va tamaki mahsulotlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Markirovka qilinishi shart bo‘lgan mahsulotlar 2018-yilning birinchi oktabriga qadar ishlab chiqarigan yoki import qilingan taqdirda, 2019-yilning 1-apreliga qadar sotishga ruxsat beriladi.

Gilos to‘la yashiklar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari uchun ekologik xavfsizlik belgisi kiritdi

Qonun loyihasida aytilishiga ko‘ra, ushbu mahsulotlar ro‘yxati bosqichma bosqich kengaytirib boriladi. Kelajakda ushbu rshyxatga kiritiladigan mahsulotlar, kiritilgan kunidan 180 kun davomida markirovkasiz sotilishi mumkin bo‘ladi.

Belgilangan tartibda markirovka qilish ishlab chiqaruvchilar va importorlar zimmasiga yuklanadi. Davlat tomonidan ushbu qaror nazorati Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat Soliq inspeksiyasi zimmasiga yuklanadi.

Yangi markirovka tizimi 2018-yilning oxiriga qadar kiritilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0