TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Davlat Tabiatni Muhofaza Qilish qo‘mitasi O‘zbekiston bozoridagi mahsulotlarni ekologik ekspertiza va ekologik belgi qo‘yish tartibini ishlab chiqdi.
Muassasa vakillari fikriga ko‘ra, O‘zbekiston mahsulotlarida ekologik belgining paydo bo‘lishi tabiatga eng kam zarar yetkizayotgan mahsulotlarga talab oshishiga olib kelishi mumkin.
Mahsulotni belgilash va ekspertizaqilish faqat ishlab chiqaruvchining yoki distributerining xoxishiga qarab va uning tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Tekshirilishi kerak bo‘lgan mahsulotlarni uch asosiy guruhga bo‘lish taklif qilinadi. Birinchi guruhga O‘zbekistonda o‘tkazilgan ekologik sertifikatsiya belgisi qo‘yiladi, ikkinchi guruhga – ekologik xavfsizlik deklaratsiyalariga asosan beligi qo‘yiladi va uchinchi guruhga – mahsulot ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilingunga qadar bo‘lgan davr ichida ekologik ko‘rsatgichlari asosida ekologik belgi beriladi.
Ekobelgi 60 kun ichida beriladi, va u mahsulot turiga qarab, 2-3 yil muddatga amal qiladi.
Davlat Tabiatni saqlash qo‘mitasi mutaxassislarining fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘z ekobelgisi paydo bo‘lishi The Global Ecolabelling Network — umumjahon ekologik tarmoqqa a’zo bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Unga dunyoning 45 rivojlangan mamlakatlari a’zo bo‘lgan.
Undan tashqari ushbu tadbir O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini va chet el bozorlarida uning raqobatdoshligini oshirishga olib kelishi hamda ekologik xavfsiz texnologiyalarni tadbiq qilishga sabab bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa aholi ekologik toza mahsulotlarni iste’mol qilishiga asos yaratadi.
O‘zbek ekobelgisi Xumo qushi timsolida chizilgan bo‘lib uning qanotlari, tabiatni va hayotning paydo bo‘lishini bildiruvchi yashil barglar ko‘rinishida.