Nazorat xaridi: Toshkent do‘konlarida sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari topildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishMasnaya produksiya na prilavke
Masnaya produksiya na prilavke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zstandart" agentligi mutaxassislari 56 xil oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishdi. Kolbasa tarkibida kraxmal miqdori ko‘payib ketganligi, sut mahsulotlarida esa yog‘ miqdori ulushi talablariga mos kelmasligi aniqlandi

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. "O‘zstandart" agentligi Toshkent va uning viloyatida joylashgan yirik savdo do‘konlarida sifatsiz mahsulotlarni aniqladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Alkogolnaya produksiya v magazine v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zstandart" agentligi iste’molchilarni ogohlikka chaqirmoqda

Agentlik mutaxassislari tomonidan 6 xildagi mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirildi. Xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlari: sut va kolbasa mahsulotlari, ichimlik suvi, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari, kakao va sharbatlar. Jami hisobda 56 xildagi namunalar olindi.

"O‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra 21 ta mahsulot amaldagi meyoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topildi. Masalan, sut mahsulotlari yog‘ ulushi organoleptik normalariga javob bermaydi, kolbasa tarkibida esa kraxmal miqdori ko‘payib ketgan", — deb ta’kidlangan "O‘zstandart " axborotida.
Xususan, "Garmoniya" qaymog‘i ("Xasanmolprom" XF), pishloq ("Izzat" XF), "Bravo" sgushenka suti ("Good Food Organic"), smetana ("Tong sutlari"), Milky citu yogurti ("Xamidaxon Barakali Tayyorlov"), Believe Milk Food yogurti, "Molochniy Kray" qaymog‘i va smetanasi, "Best" qaymog‘i (Angren meat-milk) yog‘lilik daraja talablari va organoleptik ko‘rsatkichlari mos kelmasligi aniqlangan.

Sinov ishlari natijalariga ko‘ra, "Tong sutlari" korxonasining qaymog‘i, Milk sity yogurti, "Garmoniya" qaymog‘i hamda Bio Natural Food yogurti bakteriologiya talablariga mos emasligi aniqlandi.

Bundan tashqari, "Kozimjon Omad" va "Pokiza niyat" korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan kolbasa mahsulotlari konsistensiya, rangi, kesilgandagi ko‘rinishi, hidi va ta’mi ko‘rsatgichlari bo‘yicha nomuvofiq deb topildi. Mahsulotlarda oqsil va kraxmal moddalarning ulushi normalariga mos emasligi ma’lum bo‘ldi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika sinov va sertifikatsiya markazi laboratoriyasi tomonidan 9 oy davomida o‘tkazilgan fizik-kimoviy va organoleptik sinovlar natijasida 232 holat oziq-ovqat mahsulotlari yaroqsiz deb topildi.

Yangiliklar lentasi
0