Yonib ketgan avtobus, MXX kelajagi va Babayan futboldan umrbod chetlashtirilishi

© AP Photo / Anvar IlyasovSotrudnik SNB Uzbekistana
Sotrudnik SNB Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston cho‘lidagi mudhish fojia, Milliy xavfsizlik xizmatidagi islohotlarning xalq muhokamasiga qo‘yilishi va o‘zbek futboli haqida shov-shuvli xabarlar - o‘tgan haftaning eng muhim voqealari bo‘ldi

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik, Anton Kurilkin. Samvel Babayanni futbol faoliyatidan umrbod chetlashtirilishi, Qozog‘iston fojiasi va MXX islohotlari haqida o‘zbekistonliklarning takliflari — haftaning eng muhim voqealari Sputnik muxbiri jamlanmasida.

MXX vakolatlarini qisqartirish

O‘zbekistonda "Milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi Qonun" yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilishi muhokama qilindi. Aksariyat fuqarolar MXX vakolatlarini qisqartirish va hodimlar sonini qisqartirishni taklif qilishmoqda.

Eng keskin fikrlovchi fuqarolar esa maxsus xizmat vakolatiga global tahdidlarga qarshi kurashni qoldirish kerakligini bildirishdi, negaki ularning nazdida korrupsiyaga qarshi kurashishga IIV, chegarani qo‘riqlash uchun esa armiya yetarli.

Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar MXX vakolatlarini qisqartirishni taklif qilishmoqda

Umuman olganda, barcha takliflar Shavkat Mirziyoyevning murojaati doirasida bo‘ldi. Prezident ushbu xizmat vakolatlari "asossiz kengayib" ketganligi tufayli isloh qilinishi bo‘yicha topshiriq bergandi.

Kontr razvedkachilar bilan nima qilish o‘ylab turilgan paytda, bojxonachilar tanqid va stressga tayyorgarlik ko‘rishi zarur — davlat rahbari o‘tgan haftada mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada kuchliroq ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Hujjatning asosiy qismida prokuratura organiga taalluqli bo‘lgan vazifalar o‘rin olgan. Prokuratura bojxona qonunchiligi, bojxonachilar ish faoliyati va qabul qilingan chora-tadbirlarni taftish qiladi.

Bundan tashqari, farmon alohida ishlab chiqaruvchilar va korxonalarga berilgan imtiyozlarni bekor qildi — endi imtiyozlar butun ishlab chiqarish tarmoqlariga beriladi. Qarorga binoan birinchi imtiyozlar O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan shakar ishlab chiqaruvchi zavodlariga nasib qildi.

Qozog‘iston fojiasi

18 yanvar kuni Qozog‘iston trassasida avtobus yonib ketdi, unda 52 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi. Faqat 5 nafar kishi omon qoldi. Ikki qavatli "Ikarus" Qozog‘iston davlat raqamlari bilan Rossiya tomon yo‘lga chiqqandi.

Hozircha yong‘in kelib chiqishi sabablari to‘liq aniqlanmagan. Fojea qisqa elektr simi tutashuvi, salon ichida yong‘in chiqishi va olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanishi oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Sgorevshiy avtobus v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish - Aqto‘be fojeasining sababi e’lon qilindi

Qozog‘iston IVV ma’lumotlariga ko‘ra, odamlar birdaniga sarosimaga tushishlari hamda yon eshiklarning bloklangani sababli avtobusni takr etishga ulgurmaganlar. Shuningdek, yo‘lovchilar o‘ta kuchli tutundan zaharlangan bo‘lishlari, avtobus ichida bagaj soni ko‘p bo‘lgani singari variantlar ham aytilmoqda.

Voqea joyiga O‘zbekistondan mutaxassislar yetib borishdi. Ushbu hodisani tergov qilish maqsadida Qozog‘iston va O‘zbekistonda maxsus komissiyalar tuzildi. Shuningdek, shaxslarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilib, halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi.

Babayan diskvalifikatsiyasi va 89 dollarlik krossovkalar

Sobiq O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Samvel Babayan futbol faoliyatidan umrbod chetlashtirildi. Futbol federatsiyasining Ijroiya Qo‘mitasi Samvel Babayan "Paxtakor" futbol klubida faoliyat yuritgan vaqtida futbolchilarning shartnomasi bilan bog‘liq hujjatlarga noqonuniy o‘zgartirishlar kiritganini aniqladi.

O‘FF Ijroiya Qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Samvel Babayanning 2018-yilgi Jahon Chempionatining saralash o‘yinlari davomida tartib-intizomni yo‘lga qo‘ymagani, futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilmagani va ularni o‘z holiga tashlab qo‘ygani, ishiga mas’uliyatsizlarcha qarab, o‘zbek futbolining yuzi bo‘lgan milliy jamoa darajasini tushirib yuborganini ham inobatga olib, uning bu kabi noxolis faoliyati millionlar o‘yini bo‘lgan futbolga nisbatan xalqning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Novaya kolleksiya ekipirovki natsionalnix sbornix komand Rossii - Sputnik O‘zbekiston
"Paxtakor" stadionidan 37 juft krossovka o‘g‘irlandi

Bu qarorga Samvel Babayan qanday munosabat bildirgani no’malum. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u hozir Moskva "Spartak" futbol klubida amaliyot o‘tab, jamoa bilan BAAlarda yig‘inlarda ekan.

Bundan tashqari, o‘tgan haftaning eng shov-shuvli xabarlaridan biri sifatida "Paxtakor" stadionida 37 juftlik krossovka o‘g‘irligini ham aytib o‘tish mumkin.

Tekshiruv natijasida o‘g‘irilik 4 nafar yosh yigit tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Umumiy hisobda o‘g‘irlangan mol-mulk narxi — 3,3 ming dollarni tashkil qilgan. Jinoyatchilar uzoqqa ketishga ulgurishmadi, ular qo‘lga olindi.

Go‘zallik va nafosat ko‘rgazmasi

Haftaning O‘zbekistonga aloqador bo‘lgan yana bir yorqin voqeasi — bu Moskva savdo majmualaridan birida milliy "Do‘ppi" ko‘rgazmasi o‘tkazilishi bo‘ldi. Ushbu festival o‘zining doimiy muhlislariga ega. 

Ko‘rgazma 15-21 yanvar kunlari o‘tkazildi.

Do‘ppi sharqona bozor ko‘rgazmasida qizlar va yigitlar milliy liboslarda mehmonlarni kutib olishdi. - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada "Do‘ppi" milliy sharqona ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda

Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlaridan tashrif buyurgan hunarmandlarning yorqin ishlari namoyish etildi. Ko‘plab taniqli va yosh ijodkorlar o‘zlarining liboslar to‘plamlari bilan kelishdi.

Ko‘rgazma-yarmarkada mehmonlar nafaqat o‘zlariga yoqqan milliy esdalik sovg‘alarni xarid qilish bilan birga o‘zbek milliy taomlaridan tanovvul qilishdi va sharqona kuy-ohanglarni tinglab, bahra olishdi.

Yangiliklar lentasi
0