TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. "Paxtakor" stadionida o‘g‘irlik sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Shayxontour tumani IIB.
Har bir juft krossovkaning narxi 90 dollar, umumiy hisobda o‘g‘irlangan mol narxi 3 min 300 dollarni tashkil qilgan.
Tekshiruv natijasida aniqlanishiga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan uyushgan guruh 1988, 1994, 1999-yillarda tug‘ilgan yosh yigitlar va 2000-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smirdan iborat bo‘lgan.
Jinoiy til biriktirgan holda, ular "Paxtakor" stadionida joylashgan, Yengil atletika federatsiyasi binosiga kirishadi va o‘g‘irlikni amalga oshirishadi.
Ushbu ish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169 moddasi, 2 qismining b, v, g bo‘limlariga asosan (Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib birovning uyiga kirish) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.