Afg‘onistondan 100dan ortiq talaba Termizga o‘qishga keldi

© Natsionalnoe informatsionnoe agentstvo UzbekistanaStudenti v obrazovatelnom sente v Termezeskom rayone po obucheniyu afganskix grajdan pri Ministerstve visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan.
Studenti v obrazovatelnom sente v Termezeskom rayone po obucheniyu afganskix grajdan pri Ministerstve visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shni davlat rasmiylari dunyoning hech bir mamlakatida afg‘on yoshlari uchun O‘zbekistondagiday sharoit yaratilmaganini qayd etishmoqda.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Termizda O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida – Afg‘oniston yoshlarini o‘qitish ta’lim markazi ochildi,  deb xabar qilmoqda Jahon axborot agentligi.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Afg‘oniston fuqarolari ta’lim oladi

Ushbu zamonaviy ta’lim muassasasi Afg‘onistonning iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa sohalari uchun oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Ta’lim markazi direktori v.b. Oybek Ro‘ziyev aytishiga qaraganda, bu yerda qo‘shni mamlakat o‘g‘il va qizlari maxsus tayyorlangan o‘quv dasturi asosida 4 oylik, 6 oylik va 2-yillik o‘quv dasturlari asosida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha saboq olishadi.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Mardon Rahmatov

“Qo‘shni davlat farzandlarining o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha zarur bilim olishi va soha sirlarini puxta egallashiga alohida e’tibor qaratamiz. Joriy o‘quv yilining dastlabki semestri uchun o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dars jadvali o‘zbek hamda dari tillarida tayyorlandi.<…>

Ta’lim markazining ilk talabalari o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishiga qabul qilindi. Ular ikki yil davomida soha bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishadi”, – deydi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Mardon Rahmatov.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston uchun yetuk kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan ushbu markaz, Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining 2017-yil dekabr oyida mamlakatimizga tashrifidan so‘ng qurila boshlangan edi. Qisqa vaqt ichida mazkur markaz uchun ajratilgan bino tubdan rekonstruksiya qilinib, jahon andozalariga mos jihozlandi.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Afg‘oniston orasida imzolangan hujjatlar ro‘yxati

“Bugun nafaqat biz, yoshlar, balki butun Afg‘oniston xalqi uchun tarixiy kun bo‘ldi. <…> Afg‘onistonda 7 millionga yaqin o‘zbek millatiga mansub aholi yashaydi. Termizda barpo etilgan ushbu ta’lim muassasasi maktab va bog‘chalarimizdagi o‘zbek tili mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlaydi. Kelgusida temir yo‘l, energetika va boshqa sohalarda ham malakali mutaxassislar tayyorlab beradi. Bunday ulug‘ ishning tashabbuskori bo‘lgan Prezident Shavkat Mirziyoyevdan benihoya minnatdormiz”?,– dedi Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining MDH davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar.

“Afg‘on o‘g‘il-qizlari uchun birorta mamlakatda O‘zbekistondagi kabi muhtasham maxsus ta’lim muassasasi yo‘q”, — dedi Afg‘oniston tijorat va san’at vazirligi mas’ul xodimi.  

Kelgusida markazni yanada kengaytirish, yozgi oshxona va novvoyxona, hammom va kir yuvish binosini yangidan qurish rejalashtirilgan. 300 o‘rinli qo‘shimcha yotoqxona barpo etish mo‘ljallangan. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi rekonstruksiya qilinib, yangi bino quriladi.

© Natsionalnoe informatsionnoe agentstvo UzbekistanaAfg‘onistonlik talabalar muzeyda
Studenti v obrazovatelnom sente v Termezeskom rayone po obucheniyu afganskix grajdan pri Ministerstve visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonlik talabalar muzeyda

Tantanali tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov hamda Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining iqtisod va inson resurslari bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy yangi ta’lim markazining Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0