O‘zbekistonda Afg‘oniston fuqarolari ta’lim oladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston buyurtmalariga ko‘ra gumanitar, pedagogika va muhandis-texnik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi tashkil etildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Studenti v universitete - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ilk bor Tojikiston yoshlari soddalashtirilgan tartibda tahsil oladilar

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. Yangi markaz Surxondaryo viloyati Termez tumanidagi Yangiariq qishloq xo‘jaligi kolleji binosida joylashadi. Markazda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlari asosida afg‘onistonlik mutaxassislari tayyorlanadi.

Afg‘oniston buyurtmalariga ko‘ra gumanitar, pedagogika va muhandis-texnik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Markazda ta’lim kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi. Markazga respublika ta’lim muassasalaridan o‘qituvchilar va mutaxassislar mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari asosida jalb qilinadi.

Afg‘oniston fuqarolari o‘qish uchun to‘lov O‘zbekiston ta’lim muassasalarida chet el fuqarolari uchun nazarda tutilgan ta’lim qiymatining 50 foiz miqdorida Afg‘oniston mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, to‘lovning qolgan qismi "O‘zbekiston temir yo‘llari" jamiyati mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Mediaforum Konstruktivnaya jurnalistika v kontekste regionalnix i globalnix trendov, kotoriy proxodil v gorode Yekaterinburge - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana bitta oliy ta’lim muassasasi tashkil qilinishi mumkin
Markaz bitiruvchilariga o‘qishni tamomlaganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi tegishli hujjat beriladi. Qayta tayyorlash kurslari tinglovchilariga esa sertifikatlar beriladi.

Markazning bino va inshootlari asosiy turdagi kompyuter va multimedia texnikasi, sinxron tarjima apparaturasi, videokuzatuv uskunalari, mebel bilan jihozlanadi. Markazning talabalar shaharchasi tashkil qilinib, unda talabalaring alohida yashash joylari, tibbiy xizmat punktlari, oshxonalar, kir yuvish xonalari, kundalik foydalanish uchun mahsulotlar chakana savdo do‘konlari bo‘ladi.

Tashqi ishlar vazirligi o‘qish uchun kelgan Afg‘oniston fuqarolarning kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirmasdan rasmiylashtiriladi. Shu bilan birga, har bir talabaga ko‘p martalik vizalar beriladi, shuningdek davlat bojlarini undirmasdan vaqtinchalik yashash joyiga propiska qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0