TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan tanqidiy o‘rganib chiqish va takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi komissiyasini tuzdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Mazkur davlat idoralarining bugungi kun talablariga va xalqaro standartlarga javob bermaydigan eski yondoshuv va tamoyillarga asoslangan faoliyatlari tashkil etilganligi tufayli yangi komissiya tuzildi. Bular ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Jumladan, moliya organlarining faoliyati ijobiy moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishda, asosan, aholi va tadbirkorlarning ehtiyojlarini hisobga olmagan holda amalga oshirilmoqda. Bu real bozor munosabatlariga to‘liq o‘tishga va iqtisodiy boshqaruvida zamonaviy tamoyillarini joriy etishga to‘sqinlik qilmoqda.
Soliq organlari faoliyatidagi muammo va kamchiliklar soliq yukini kamaytirish, soliq yig‘imini ko‘paytirish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini ta’minlash, soliq to‘lovchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha eng muhim vazifalarini hal qilishga imkon bermayapti.
Bojxona organlarida ortiqcha burokratik to‘siqlar va faoliyat shaffof emasligi, bojxona jarayonlarining zamonaviy shakllarini joriy etish asossiz kechiktirilishi xorijiy davlatlarning investitsion qiziqishini kamaytirmoqda. Shuningdek, etakchi xalqaro tashkilotlarning baholashida uning imidji va reyting ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Yangi komissiyaga Bosh prokuror o‘rinbosari Bekzot Mavlonov rahbar bo‘ldi. Ushbu komissiya mavjud muammolarni o‘rganib chiqish va ularni hal etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Komissiya tomonidan boshqaruv va nazorat tizimini samaradorligini oshirish, axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish orqali xodimlar sonini optimallashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, soliq va bojxona organ faoliyatiga nazorat qilish yangicha shakl va usullarni tatbiq etish, tashqi iqtisodiy faoliyatda mavjud bo‘lgan ortiqcha burokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, moliya, soliq va bojxona qonunchiligi xalqaro tamoiyl va standartlarga muvofiqlashtirish vazifalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Mirziyoyev komissiyaga 2018-yil 15-aprelgacha moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni prezident devoniga kiritish haqida topshiriq berdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil dekabr oyida davlat rahbari tanqididan so‘ng turli moliya vazirligi tizimidan 560 dan ortiq xodim bo‘shatilgan.