Lola Karimova otasining yubileyi munosabati bilan o‘ziga xos tanlov e’lon qildi

Obuna bo‘lish
Tanlovda birinchi o‘rinni qo‘lgan kiritgan g‘olibga 7 million so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan Apple MacBook Air noutbuki taqdim etiladi

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Lola Karimova — Tillayeva Instagram shaxsiy sahifasida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov tavalludining 80-yilligi munosabati bilan insholari tanlovi o‘tkazilayotgani haqida ma’lum qildi.

Mladshaya doch pervogo prezidenta Uzbekistana Lola Karimova-Tillyayeva s suprugom - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova-Tillayeva hammani yangi yil bilan tabrikladi

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida insholar tanlovi o‘tkazmoqda.
Tanlov O‘zbekiston birinchi prezidenti xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodning respublika yangi tarixi xususidagi hamda mamlakat davlat mustaqilligini qaror toptirish, xalqaro barqarorlikni ta’minlash va O‘zbekistoning tarixiy-madaniy merosini qayta tiklashda Islom Karimovning tarixiy xizmatlari borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda, deyiladi xabarda.

Insholar tanlovi quyidagi mavzularda o‘tkaziladi:

1. "Mustaqil O‘zbekiston davlati shakllanishida Prezident Islom Karimovning roli". 2. "O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatda: Birinchi Prezidentning mintaqaviy va global xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi". 3. "Islom Karimovning O‘zbekiston xalqi ma’naviy qadriyatlari, milliy g‘ururi hamda qadr-qimmati, tarixi va madaniyatini qayta tiklashdagi o‘rni".

Mualliflardan tanlangan mavzu mohiyatini to‘liq ochib berish hamda fikr-mulohazalarni izchil va xatosiz bayon qilish talab etiladi.

Tanlovga yuborilgan insholar o‘z sohasida katta tajribaga ega atoqli tarixchi, siyosatshunos va filolog olimlardan tashkil topgan maxsus komissiya tomonidan o‘rganiladi, tahlil etiladi va baholanadi.

Lola Karimova-Tillayayeva - Sputnik O‘zbekiston
"Yo‘qotilgan jannatni izlab...": Lola Karimovadan yangi loyiha

Tanlov g‘oliblariga quyidagi sovrinlar topshiriladi:

1-o‘rin. 7 million so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan Apple MacBook Air 13 8/256 GB noutbuki.
2-o‘rin. 6 million so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan Apple iRad Pro 10.5 4G 256GB plansheti.
3-o‘rin. 5 million so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan iPhone 8 64 GB smartfoni.
4-10-o‘rinlar. Rag‘batlantiruvchi sovg‘alar — Fond logotipi tushirilgan Kindle bukriderlari.

Tanlov 2018-yil 22-yanvardan 22-fevralga qadar davom etadi. G‘oliblarni e’lon qilish sanasi — 2018-yil 12-mart.

Yangiliklar lentasi
0