Lola Karimova-Tillayeva hammani yangi yil bilan tabrikladi

© Foto: Lola Karimova-Tillyayeva / instagramMladshaya doch pervogo prezidenta Uzbekistana Lola Karimova-Tillyayeva s suprugom
Mladshaya doch pervogo prezidenta Uzbekistana Lola Karimova-Tillyayeva s suprugom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lola Karimova — Tillayeva o‘zining tabrigida kirib kelayotgan 2018-yilda barchaga sihat- salomatlik, tinchlik, mehr-muhabbat hamda ishlarda ravnaqlar tiladi

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Lola Karimova — Tillayeva Instagram shaxsiy sahifasida o‘zining yangi yil tabrigini e’lon qildi.

Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova o‘ziga xos tanlov e’lon qildi – g‘olibga Apple iPhone X sovg‘a qilinadi

"Men ushbu yilni yuragimda muhabbat va barcha kunlar uchun shukronalik hissi ila yakunlayapman. Kirib kelayotgan 2018-yilda siz va oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, tinchlik, mehr-muhabbat hamda ishlaringizda ravnaqlar tilab qolaman. Istardimki, har bir xonadonda qut-baraka va har bir inson qalbida tinchlik, hotirjamlik hukm sursin; odamlar hayotga tinch va ishonch nazari bilan qarasinlar.

Uy, ishxona va ko‘chalarda, bir birimizga ko‘proq xayrixoq bo‘laylik. Rivojlanish, ishlash, yaratish g‘oyalariga to‘la bo‘lgan insonlar, ushbu orzu va rejalarini amalga oshirish uchun imkoniyatlarga ega bo‘lsinlar. Yer yuzidagi barcha bolajonlar to‘q, sog‘lom va baxtli bo‘lib yursinlar. Bugungi kunday quyoshli kunlar ko‘proq bo‘laversin hamda barcha insonlar yaxshilik va ezgulikka ishonsinlar", deb yozgan Lola Karimova.

I would like to wish everyone a very Happy New Year! I wish for many more sunny days like this one in this upcoming year. Let the New Year be filled with happiness, sunshine and joy! ✨ Ya zavershayu etot god s lyubovyu v serdse i s blagodarnostyu za vse proydennoe. V nastupayushem godu ya jelayu vam i vashim semyam zdorovya, Mira, lyubvi i prosvetaniya! Ya jelayu chtob mir prishol vo vse doma, vo vse serdsa, chtob lyudi jili legche, smotreli na jizn spokoyno i uvereno. Chtobi chashe v jizni bilo mesto obshey dobrojelatelnosti. Chtob te kto xochet rasti- rabotat, tvorit, razvivatsya imeli vozmojnost uspeshno eto delat. Chtob deti na nashey planete bili siti, zdorovi i veseli. Chtob solnechnix dney, kak etot bilo bolshe i chtob lyudi verili v dobrotu! ✨✨ Men ushbu yilni yuragimda muhabbat va barcha kunlar uchun shukronalik hissi ila yakunlayapman. Kirib kelayotgan 2018-yilda siz va oila a’zolaringizga sihat- salomatlik, tinchlik, mehr-muhabbat hamda ishlaringizda ravnaqlar tilab qolaman. Istardimki, har bir xonadonda qut-baraka va har bir inson qalbida tinchlik, hotirjamlik hukm sursin; odamlar hayotga tinch va ishonch nazari bilan qarasinlar. Uy, ishxona va ko‘chalarda, bir birimizga ko‘proq xayrixoq bo‘laylik. Rivojlanish, ishlash, yaratish g‘oyalariga to‘la bo‘lgan insonlar, ushbu orzu va rejalarini amalga oshirish uchun imkoniyatlarga ega bo‘lsinlar. Yer yuzidagi barcha bolajonlar to‘q, sog‘lom va baxtli bo‘lib yursinlar. Bugungi kunday quyoshli kunlar ko‘proq bo‘laversin hamda barcha insonlar yaxshilik va ezgulikka ishonsinlar! ✨✨✨

Publikatsiya ot Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva) Dek 30, 2017 at 10:23 PST

Yangiliklar lentasi
0