Advokatlar prokurorlardan Soipov uchun o‘lim jazosini so‘ramaslikni iltimos qilishmoqda

© REUTERS / Jane RosenbergSud nad Sayfullo Saipovim
Sud nad Sayfullo Saipovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayblovchi tomon o‘lim jazosini so‘rash borasida aniq bir fikrga kelgani yo‘q, bu borada Bosh prokuror Jeff Seshnsning qarori kutilmoqda, deb xabar qiladi RIA Novosti

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Terrorizmda ayblanayotgan Sayfullo Soipovning advokatlari odil sudlovga bitimni taklif qilishmoqda, unga ko‘ra sudlanuvchi o‘lim jazosidan xalos etilishi mumkin, deyilgan sud hujjatlarida.

Politseyskie na meste nayeda gruzovika na velosipedistov v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
"Soipov ishi" "o‘zbek ishi" emas - Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi
"Ayblovchi tomonning harakati o‘lim jazosi berilishi uchun qaratilmasa bu holatda omma va jabrdiydalarning 2017-yil 31-oktabrdagi dahshatli hodisaga qaytishga zarurat tug‘dirmasdan ishning tezda yakun topishiga imkon yaratar edi", — deyiladi himoya tomonning iltimosnomasida.

Ayblovchi tomon o‘lim jazosini so‘rash borasida aniq bir fikrga kelgani yo‘q, bu borada Bosh prokuror Jeff Seshnsning qarori kutilmoqda, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, 31-oktabr kuni Manxettenda yuk mashinasida bir necha kishining hayotiga zomin bo‘lgan Sayfullo Soipovga terrorizm va qotillik bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. 

Soipovga umumiy hisobda 8 ta qotillik (hujum qurbonlari soni bo‘yicha), 12 ta qotillik sodir etishga urinish (jabrlanganlar soni bo‘yicha), ID terrorchilik guruhiga ko‘mak berish va ko‘mak berishga urinish, zo‘ravonlik va transport vositasiga zarar yetkazish bandlari bo‘yicha ayblov qo‘yilgan edi.

A photo of Sayfullo Saipov is displayed at a news conference at One Police Plaza Wednesday, Nov. 1, 2017, in New York. Saipov is accused of driving a truck on a bike path that killed several and injured others Tuesday near One World Trade Center. - Sputnik O‘zbekiston
Sayfullo Soipov ayblovni tan olmadi
22 banddan iborat ayblov xulosasini hakamlar hay’ati chiqargan. Endi Soipov o‘z qilmishlari uchun sud oldida javob beradi, deyiladi Nyu-York janubiy okrugi prokurori hujjatida. Ayblovning ikki moddasi bo‘yicha Soipovga umrbod qamoq jazosi yoki o‘lim jazosi berilishi mumkin.

Adliya vazirligi xabarida qayd etilishicha, Soipov yuk mashinasida hujum qilishga uni telefon orqali ko‘rgan ID videosi ilhom berganini tan olgan. U jinoyatni sodir etishni bir yil avval o‘ylab qo‘ygan, hujumdan ikki oy avval esa "ko‘proq begunoh odamlar jabrlanishi" uchun uni yuk mashinasi yordamida amalga oshirishga qaror qilgan. U teraktdan bir haftacha oldin yuk mashinasini ijaraga olib, uni boshqarishni mashq qila boshlagan.

Soipov yuk mashinasida Manxettenning janubi-g‘arbida joylashgan velosipedchilar yo‘lagida uchragan velosipedchilarni bosib, bir necha ko‘cha yurib o‘tgan, so‘ngra maktab avtobusiga urilib to‘xtagan.

Hujum oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 12 kishi jarohat olgan.

Yangiliklar lentasi
0