"Soipov ishi" "o‘zbek ishi" emas - Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi

© Don EMMERT / AFPPolitseyskie na meste nayeda gruzovika na velosipedistov v Nyu-Yorke
Politseyskie na meste nayeda gruzovika na velosipedistov v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maqolada mutaxassislarning fikriga ko‘ra, sodir etilgan mudhish holat AQSh rahbariyatining "grin kard"lotereyasini bekor qilish siyosatini asoslash uchun oldindan tayyorlangan rejaning bir qismi ham bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi

TOShKENT, 4 noya – Sputnik. Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi saytida 31-oktabr kuni AQShda sodir etilgan terrorchilik harakatiga nisbatan munosabat bildirildi.

"Sodir etilgan mudhish holatdan so‘ng, dunyo afkor ommasi voqeaga o‘z munosabatini bildirmoqda. Ularning orasida bo‘lib o‘tgan voqeadan g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lgan shaxslar ham talaygina ekani ko‘rindi. Xususan, shunday kayfiyatdagi OAVlar voqeani sodir etgan shaxs Soipov Sayfulla Habibullayevich o‘zbek millatiga mansub musulmon ekani va "grin kard" orqali O‘zbekistondan Amerikaga kelganiga urg‘u bermoqdalar", deyiladi maqolada.

Mesto nayezda avtomobilya v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
Nyu-Yorkdagi o‘zbeklar: Biz terrorizmning har qanday ko‘rinishini keskin qoralaymiz

Maqolada S.Soipovning 2010-yilda O‘zbekistondan ketgani, o‘tgan 7-yil ichida O‘zbekistonning Amerikadagi konsullik xizmatiga biror marta ham murojaat qilmaganligi aytiladi.

"Eng qizig‘i, bu shaxs O‘zbekistonda yashagan 22-yil davomida biror marta ham huquqbuzarlik sodir etmagan. AQShga borganidan keyin esa o‘tgan muddat ichida 4-marta qonunbuzarlik sodir etishga ulgurgan. Sir emaski, AQShda har kuni turli millat vakilari tomonidan ko‘plab jinoyatlar sodir etiladi. Ularning bu yo‘lni tanlashlariga arab, nemis yoki rus millatiga mansub ekanlari emas, balki o‘sha kimsalarni o‘rab turgan muhit sababchi, desak haq gapni aytgan bo‘lamiz. Shundan kelib chiqqan holda, qo‘rqmasdan, S.Soipovda jinoyatchilik xarakterini shakllanishiga Amerika jamiyatidagi nosog‘lom muhitning ta’siri katta bo‘lgan, deya olamiz", deyiladi maqolada.

Gruzovik, kotorim upravlyal Seyfullo Saipov - Sputnik O‘zbekiston
Bir ahmoq qilmishini butun millat bilan bog‘lash noto‘g‘ri - AQSh diplomatlari

Maqolada mutaxassislarning fikriga ko‘ra, sodir etilgan mudhish holat AQSh rahbariyatining "grin kard"lotereyasini bekor qilish siyosatini asoslash uchun oldindan tayyorlangan rejaning bir qismi ham bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi.

"Chunki, deyiladi unda, AQSh prezidenti "grin kard"ni bekor qilish uchun o‘ziga tarafdorlarni qidirayotgani ancha oldindan hammaga ma’lum edi. Bo‘lib o‘tgan mash’um hodisa esa, "grin kard"ni bekor qilish yoki uning tartibini o‘zgartirish uchun bahona vazifasini o‘tashi mumkin".

"Nima bo‘lganda ham, bo‘lib o‘tgan voqea tinchliksevar o‘zbek xalqini qattiq iztirobga soldi. O‘zbekiston hech qachon, u o‘zbek bo‘ladimi yoki boshqa millat vakilimi, bunday buzg‘unchi ishlarining sodir etilishiga xayrixoh bo‘lmagan. Shu bois, bir nodon kimsaning qilmishi deb 32 millionlik xalq borasida salbiy fikrlarning izhor qilinishini katta xato, deb hisoblaymiz", deyiladi maqolada.

Yangiliklar lentasi
0