Diniy ulamolarning OAVlarda chiqishlari ko‘paytiriladi

© muslim.uzPrazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti "Xazrati Imam"
Prazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti Xazrati Imam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noto‘g‘ri oqim va yo‘nalishlarga kirib ketuvchi, to‘g‘ri yo‘ldan aldanuvchi fuqarolar asosan migrantlar orasida sodir bo‘layotganligini inobatga olib, diniy vakillar bilan birgalikda profilaktik suhbatlarni uzoq muddat chet elga chiqib kelgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan fuqarolar o‘rtasida tashkil qilish lozimligi ta’kidlandi

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Ichki ishlar vazirligida diniy masalalar bilan bevosita shug‘ullanadigan mutasaddi tashkilotlar mas’uliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Politseyskie na meste nayeda gruzovika na velosipedistov v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
"Soipov ishi" "o‘zbek ishi" emas - Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi
Yig‘ilishda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O‘.Murodov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur va Toshkent shahar bosh imom-xatibi A.Tursunovlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Yusupov islom dini niqobi ostida qon to‘kayotganlar, asl islom dini mohiyatini tushunmasligini, islom dini hech qachon terrorizm va ekstremizmga yo‘l bermasligini ta’kidladi.

Ortiqov bu borada mahalla, ichki ishlar organlari xodimlari va diniy ulamolar hamjihat bo‘lishi, bir yoqadan bosh chiqarib o‘z faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish lozimligini bildirib, diniy ekstremistik oqimlar a’zosi sifatida ichki ishlar organlarida maxsus ro‘yxatdan chiqarilgan fuqarolarni kelgusida qo‘llab-quvvatlash, ularning nopok yo‘llarga kirib qolishini oldini olish, turli buzg‘unchi kuchlardan himoya qilish bo‘yicha ishlar endi yangi bosqichga chiqqanligini, ular bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish lozimligini qayd etdi.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote XXI Peterburgskogo mejdunarodnogo ekonomicheskogo foruma - Sputnik O‘zbekiston
Putin: ID Markaziy Osiyoda vaziyatni izdan chiqarish rejasini tuzmoqda
Bundan tashqari, hozirda noto‘g‘ri oqim va yo‘nalishlarga kirib ketuvchi, to‘g‘ri yo‘ldan aldanuvchi fuqarolar asosan migrantlar orasida sodir bo‘layotganligini inobatga olib, diniy vakillar bilan birgalikda profilaktik suhbatlarni uzoq muddat chet elga chiqib kelgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan fuqarolar o‘rtasida tashkil qilish lozimligi, fuqarolarga asl islom dini mohiyatini tushuntirishda diniy ulamolarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini ko‘paytirish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga Qur’oni karimning ba’zi oyatlari tafsiri tushuntirilib, xususan, terrorchi va ekstremistik kuchlar islom dini niqobi ostida Qur’on oyatlarini buzib talqin qilish orqali, o‘z manfaatlari yo‘lida fuqarolarni buzuq e’tiqodga ergashtirayotganliklari aytildi.

Kupol mecheti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hukumati fuqarolarga ekstremistlar safidan qaytishga yordam bermoqda
Shuningdek, "Hizbut-tahrir" diniy ekstremistik tashkilot tomonidan Qur’oni karimning "Oli Imron" surasi, 103-oyati noto‘g‘ri talqin qilinib, fuqarolar tomonidan oqimga ergashish, jinoyat sodir etish holatlari sodir bo‘lganligini, aslida, oqim vakillari bilan o‘tkazilgan suhbatlarda, ularga ilmiy islom aqidalarini izohlab, sharhlar va isbotlar keltirilganida o‘z g‘oyalari noto‘g‘ri ekanligini tushunib yetganliklari, ilmiy manbalarga asoslanmagan holda Qur’oni karim oyatlariga tafsirlar berilganligi ta’kidlandi.

Missionerlik va prozelitizm kabi illatlarning tarqalish sabablari ham yig‘ilishda muhokama qilinib, kelgusida bu turdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va ularni oldini olish ishlarida din masalalari bo‘yicha mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan taklif va mulohazalar bayon etildi.

Yangiliklar lentasi
0