Putin: ID Markaziy Osiyoda vaziyatni izdan chiqarish rejasini tuzmoqda

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote XXI Peterburgskogo mejdunarodnogo ekonomicheskogo foruma
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote XXI Peterburgskogo mejdunarodnogo ekonomicheskogo foruma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin Peterburgdagi teraktlardan keyin olib borilgan tergov jarayonida tashkilotga a’zo mamlakatlar hududlarida IDning yashirin guruhlari faoliyat olib borayotgani ma’lum bo‘lganini aytgan

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Islom davlati" tashkiloti Markaziy Osiyo va Rossiya janubida vaziyatni izdan chiqarish bo‘yicha reja tayyorlayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Rassmotrenie xodataystva sledstviya ob areste obvinyayemix v podgotovke teraktov v Moskve v Meshanskom sude stolisi - Sputnik O‘zbekiston
ID jangarilari Moskva metrosini qanday portlatmoqchi bo‘lishdi

Ostonada bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammitida Putin Peterburgdagi teraktlardan keyin olib borilgan tergov jarayonida tashkilotga a’zo mamlakatlar hududlarida IDning yashirin guruhlari faoliyat olib borayotgani ma’lum bo‘lganini aytgan.

"Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, ID Markaziy Osiyo va Rossiya janubida vaziyatni izdan chiqarish bo‘yicha reja tayyorlamoqda. ShHTning maxsus xizmatlari, xususan mintaqaviy antiterror tuzilmasining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash lozim", — degan Putin.

Yangiliklar lentasi
0