O‘zbek militsionerining bo‘yi 5 santimetrga qisqartirilib, yoshi 5-yilga uzaytirildi

© Ilya VarlamovSotrudnik militsii v Uzbekistane
Sotrudnik militsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 25-yil amal qilgan vaqtincha nizom nihoyat bekor bo‘ldi

TOShKENT, 4 dek — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Ruslarda hech nima vaqtinchalik narsa kabi umrboqiy bo‘lolmaydi, degan ibora bor. Aynan shu iborani keyingi 25-yil davomida O‘zbekistonda "Ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash to‘g‘risidagi muvaqqat nizom" isbotlab turgan edi. 

O‘zbek militsiyasi rahbariyati har uch yilda almashadi - Mirziyoyev yangi qarorni imzoladi
Aynan shu Muvaqqat nizom bilan militsiyaning 2 avlodi xizmatga kirib, pensiyaga ham chiqib ketdi (O‘zbekistonda militsiya xodimi 12,5 yilda pensiyaga chiqarilardi, izoh quyiroqda).

Nihoyat, ushbu, "umrboqiy" nizom bekor bo‘ldi. 2017-yil 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash tartib-qoidalarini belgilovchi qarori e’lon qilindi.

Qarorda Prezident ichki ishlar vazirligining kadrlar tanlash, joy-joyiga qo‘yish, ularning zaxirasini shakllantirish, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat o‘tashlarini tashkillashtirish ishlari qoniqarsiz, deb baholadi.

Shunga asosan sakkizta ustuvor vazifalar belgilanib, xodimlarning asosiy xizmat burchi — xalq manfaatlariga xizmat qilish ekani ta’kidlandi.

Qaror bilan Ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash to‘g‘risidagi nizom va Ichki ishlar organlarining intizom nizomi tasdiqlandi.

Shu paytgacha amalda bo‘lgan Muvaqqat nizom va yangi e’lon qilingan nizomni taqqoslab, ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash tartib-qoidalarida o‘ta jiddiy va tub o‘zgarishlar amalga oshirilganini ko‘rishimiz mumkin.

Xususan, ayrim toifalarning xizmat o‘tash yoshi 5-yilga uzaytirildi. Unga ko‘ra safdor va serjantlar tarkibi va ayollar uchun eng yuqori yosh — 50, ofitserlar uchun 55, generallar uchun 60 yosh etib belgilandi. Bunda polkovnik va general unvonidagilarning yoshidagi chegara o‘zgarmagan.

Yana bir jiddiy o‘zgarish — pensiyaga chiqish yoshi. Endi kalendar hisobida to‘liq 20-yil xizmat qilgan xodimlargina pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi. Ilgari pensiya hisoblashda imtiyozlar ham e’tiborga olinardi va 12,5 yil ishlagan xodim (agar armiyada xizmat qilgan bo‘lsa) pensiya olish huquqiga ega bo‘lardi. Xullas, davlatga 12-yil xizmat qilib, 32 yoshida pensiyaga chiqib, 50-yil pensiya oladiganlar ko‘p bo‘lgan. Endi, bu — qaysidir ma’nodagi haqsizlikka barham berildi.

O‘zbekistonda militsiya xodimlariga o‘zini fuqarolardan ustun qo‘yish man etildi
Bir vaqtning o‘zida respublikaning barcha hududida bir kunlik xizmat bir yarim kunga tenglashtirildi. Ilgari bu imtiyoz Toshkent shahridan tashqari barcha hududlarda mavjud edi. Go‘yo, Toshkent boshqa hududlardan iqlimi bilan tubdan farq qiladigan mintaqada joylashgan. Endi bu nomutanosiblikka ham chek qo‘yildi.

Asosiysi, ushbu imtiyoz 20-yillik xizmatdan keyin, pensiya hajmini belgilashda hisobga olinadi.

Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish muddati 3-yildan 5-yilga o‘zgartirildi, rahbarlarni rotatsiya qilish esa aksincha, 5-yildan 3-yilga qisqartirildi.

Nomzodlarni ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilishdayam talay o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan.

Endi xizmatga bo‘yi 165 sm. va undan yuqori bo‘lgan erkaklar va 160 sm. va undan yuqori bo‘lgan ayollar qabul qilinadi. Ilgari tegishincha 170 va 165 santimetr edi.

Shu paytgacha amal qilgan, nomzodlarning ruhiy holati, sog‘ligi, jismoniy tayyorgarligini o‘rganish va sinovdan o‘tkazishlar qolgani holda, yakuniy test sinovlari bekor bo‘ldi. Endi nomzodlar yakuniy suhbatlar orqali xizmatga qabul qilinadi. Bunda har bir o‘rin uchun kamida ikki nafar nomzod suhbatga kirishi lozim bo‘ladi. Shu bilan birga, ayrim mutaxassisliklarni suhbatsiz qabul qilish vakolati ham belgilab qo‘yildi.

Serjantlar tarkibiga o‘qish uchun endi o‘rta ma’lumotli nomzodlar ham qabul qilinadi. Ilgari kamida o‘rta-maxsus ma’lumot talab etilar edi.

Intizom nizomiga muvofiq xodimlarni jazolashda qo‘shimcha ravishda amal maoshining 50 foizigacha miqdorda jarimaga tortish jazosi kiritildi.

Bundan keyin xodimlar:

Nachalnik GUVD Tashkenta Kurbanov Baxodir - Sputnik O‘zbekiston
General-mayor Qurbonov: Militsiya - eng olijanob kasb!
- o‘zini huquqbuzarlik sodir etishga undagan har qanday shaxs yoki boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan har qanday huquqbuzarliklar to‘g‘risida yuqori turuvchi rahbariga yoki tegishli organlarga xabar berishga majbur;

— boshliqlar tomonidan berilgan g‘ayriqonuniy buyruqlarni bajarmaslik huquqiga ega.

Mutaxassislar tomonidan "tarixiy" deb atalayotgan ushbu qaror, shuningdek, xizmat o‘tash, attestatsiyadan o‘tkazish, ustoz-shogird an’analarini davom ettirish va boshqa qator masalalarda jiddiy o‘zgarishlarni ko‘zda tutadi. Bir so‘z bilan aytganda, Nizom ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash masalasida shaffoflikni, ochiqlikni ta’minlash, bu sohada bugungi kunda yuzaga kelgan illatlarni bartaraf etishga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0