O‘zbekistonda harbiy pensionerlar ishga jalb qilinadi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mudofaa vaziri o‘rinbosari Ikromovga boy amaliy tajribaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar orasidan eng munosib shaxslarni o‘qituvchilik faoliyati uchun tanlab olish bo‘yicha samarali tizimni joriy etish topshirildi

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Yosh avlodimizda qat’iy hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish alohida muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda o‘rta maktabdan boshlab oliy o‘quv yurtlarigacha qamrab oladigan uzluksiz harbiy ta’lim va vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha o‘ziga xos noyob va yaxlit tizim yaratilmoqda, deb bayonot qildi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev na neformalnoy vstreche glav gosudarstv SNG - Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligidagi ko‘plab mansabdor shaxslar ishonchni oqlamagan - Mirziyoyev
Ushbu tizim mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar akademiyasini shakllantirishni, harbiy bilim yurtlari, litsey va kollejlar faoliyatini takomillashtirishni, "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseylari tashkil etishni ko‘zda tutadi.

Prezident ayrim mansabdor shaxslar yuqoridagi masalaning mohiyati va ahamiyatini yetarli darajada tushunmaganini ta’kidlar ekan, Akademiyada o‘quv jarayonini tashkil qilishda eskicha yondashuvlar hali ham bartaraf etilmaganini aytdi.

"Bunday holat bilan murosa qilib bo‘lmaydi. Biz bu masalada doimo zamon bilan birga qadam tashlashimiz, kerak bo‘lsa, undan oldinda yurishimiz zarur. Akademiyada va boshqa harbiy o‘quv yurtlarida zamonaviy shart-sharoitlarni xo‘jako‘rsinga yaratganimiz yo‘q. Aksincha, kursantlarimiz va tinglovchilarimiz ta’lim sohasida eng ilg‘or, innovatsion bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. Mana, bizning asosiy maqsadimiz", — dedi Mirziyoyev.

Bundan tashqari, harbiy qo‘shinlarni zamonaviy texnika va qurol-yarog‘ bilan ta’minlash masalasining dolzarb ahamiyatga ega ekanini hisobga olib, yuqori malakali ofitser kadrlarni tayyorlashda xorijiy tillar, jumladan, rus tilini o‘rganishga alohida ahamiyat berish darkorligi aytildi.

Mirziyoyev avlodlar o‘rtasida uzviylik va ustozlik an’analari yo‘qolgani singari o‘tkir muammoni ko‘tardi.

Patrioticheskiy rolik - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi - Markaziy Osiyoda eng qudratli armiyalardan biri
"Buning sababi, birinchi navbatda, ayrim rahbarlarning o‘ziga o‘rinbosarlar tayyorlash, o‘zining "issiq joyi"ni yoshlarga bo‘shatib berishni xohlamasligi bilan bog‘liq. Ular yoshlarning malakasini oshirish va xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilishiga ongli ravishda to‘siq bo‘lmoqda, desak, buyam haqiqat.

Men e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan yana bir masala, bu — kadrlarimizni xorijiy davlatlarda tayyorlash bilan bog‘liq. Ma’lumki, biz oshib-toshib ketgan boy davlat emasmiz. Shuning uchun bu masalaga chuqur o‘ylamasdan yondashishga haqqimiz yo‘q. Bu borada nomzodlarni har tomonlama puxta saralashimiz va tayyorlashimiz kerak. Toki, ular olgan bilim va tajribalarini keyinchalik amalda qo‘llash va joriy etishga qodir bo‘lsin. Shu bilan birga, yangi bilim va g‘oyalarni yanada keng yoyish maqsadida harbiy o‘qituvchilarimizni chet ellarda tayyorlash masalasiga katta e’tibor qaratish zarur", — dedi prezident.

Bosh vazir Aripov, Davlat maslahatchisi Qosimov, mudofaa vaziri Azizov Akademiya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlarning birinchi bosqichini o‘z vaqtida va sifatli yakuniga yetkazishni, navbatdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, tegishli infratuzilmalarni yaratishni ta’minlash topshirildi.

Voyennoslujashie armii Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston
Prezident harbiylarning ruhiy tayyorgarligi bo‘yicha yangi meyoriy hujjatlar kerakligini aytdi
Milliy gvardiya qo‘mondoni Toshmatovga Harbiy-texnika instituti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlarni sifatli va to‘liq amalga oshirishni ta’minlash topshirildi.

"Bu jarayonda o‘zi shaxsan ishtirok etib, mazkur institutni mamlakatimizning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlaridan biriga aylantirishi lozim. Kelgusida armiyamiz uchun yuksak malakali tayyor kadrlar, kerak bo‘lsa, Qurolli Kuchlar qo‘mondonlari darajasidagi nomzodlar zaxirasi aynan mana shu o‘quv yurtidan yetishib chiqishi zarur", — dedi prezident.

Mudofaa vaziri o‘rinbosari A.Ikromovga yuqorida aytib o‘tilgan muammolarni hisobga olgan holda, kadrlar bilan ishlash, ularni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha samarali tizim faoliyatini ta’minlasin, oliy harbiy ta’lim muassasalarimiz bilan mamlakatimizdagi va xorijdagi yetakchi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

— boy amaliy tajribaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar orasidan eng munosib shaxslarni o‘qituvchilik faoliyati uchun tanlab olish bo‘yicha samarali tizimni joriy etish topshirildi.

Mirziyoyev biz ba’zi harbiy pensionerlarni o‘qituvchilik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha qaror qabul qilinganini aytdi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni B.Toshmatovga Milliy gvardiya o‘quv yurtlarida ham xuddi shunday tizimni joriy etish topshirig‘i berildi.

Shu munosabat bilan Qurolli Kuchlar akademiyasi qoshida mamlakatdagi barcha harbiy ta’lim yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari faoliyatini o‘quv jarayoni va ilmiy nuqtayi nazardan muvofiqlashtiradigan Ilmiy-metodik kengash tashkil etish topshirildi.

Ushbu kengashga raislik qilish Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudovga, kengash raisining o‘rinbosari vazifasi esa Davlat maslahatchisi R.Qosimov zimmasiga yuklatildi.

Yangiliklar lentasi
0