Mirziyoyev: har bir tizimdagi o‘zgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerak

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaKabinet ministrov Uzbekistana
Kabinet ministrov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil 3-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi komplekslari faoliyatini tahlil qilish va yangi ustuvor vazifalarni belgilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 3-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi komplekslari faoliyatini tahlil qilish va yangi ustuvor vazifalarni belgilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva pered deputatami - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: onani rozi qilishga harakat qilsak, hamma ishimiz o‘ngidan keladi

Yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, prezidentning davlat maslahatchilari, vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi hamda Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksining o‘tgan davrdagi faoliyati tahlil qilinib, 2018-yilga mo‘ljallangan rejalari va eng ustuvor vazifalari muhokama etildi.

Shavkat Mirziyoyev kun tartibidagi masalaga tanqidiy yondashib, aksariyat tashkilotlar o‘z faoliyatini zamon talablari darajasida tashkil eta olmayotgani, qabul qilingan qaror va dasturlarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotganini ta’kidladi.

"Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni, ijro organlari ishidagi o‘zgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerak. Buning uchun quyi bo‘g‘indagi ishlar samaradorligini oshirish, oddiy odamlarning dardi va tashvishi bilan yashash barcha rahbar va mutasaddilar faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi zarur" — deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni bilan birga respublikani har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilishda Murojaatnomadan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar oldida turgan muhim vazifalari haqida so‘z yuritildi. Amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan axborotlar tinglandi.

Posolstvo Uzbekistana v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev xorijiy davlatlardagi elchilarga alohida topshiriq berdi

Jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, maktab ta’limi sifatini oshirish, test sinovlari va oliy o‘quv yurtlari faoliyatini takomillashtirish, sportchilarning bo‘lg‘usi musobaqalarga tayyorlash borasidagi ishlarga e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash, jumladan, qat’iy pul-valyuta siyosatini yuritish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, zamonaviy sanoat korxonalari barpo etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish kabi masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0