Shavkat Mirziyoyev xorijiy davlatlardagi elchilarga alohida topshiriq berdi

© SputnikPosolstvo Uzbekistana v Rossii
Posolstvo Uzbekistana v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev elchixona xodimlarining asosiy vazifalari O‘zbekistonga xorijiy investitsiya va sayyohlarni jalb qilish ishlarini yanada jadallashtirish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda xorijiy davlatlardagi elchilar tomonidan kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalari xususida to‘xtalib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev yangi - 2018-yil nomini e’lon qildi

Yig‘ilish davomida O‘zbekistonning Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya elchilari o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berishdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev elchixona xodimlarining asosiy vazifalari O‘zbekistonga xorijiy investitsiya va sayyohlarni jalb qilish ishlarini yanada jadallashtirish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilishda prezident xorijiy davlatlardagi elchilariga alohida topshiriq berdi.

"10-15 yanvargacha O‘zbekistonga kelasizlar. Bir yil davomida qilanadigan ish tizimi ma’qul bo‘lsa ishlaysizlar, bo‘lmasa ketasizlar", — deb ta’kidlab o‘tdi Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0