Uyi buzilgan kinochilar yangicha ishlamoqchi, natijasini esa yo "O‘zbekkino" yo vaqt ko‘rsatadi

© Troll.uzLomayut Dom Kino
Lomayut Dom Kino - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zini hurmat qilgan aktor hech qachon bir obrazni filmdan filmga olib o‘tmaydi. O‘zbekistonda esa bu odatiy hol. Eng mashhur o‘zbek aktorlari hatto endi-endi chiqib kelayotganlari ham bir obrazli aktorga aylanib qolgan. Tomoshabinlar ham kinoga uni ko‘rish uchun tushadi, obrazni emas

2017 yilning eng so‘nggi uchrashuvlaridan birini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kinoijodkorlar bilan o‘tkazdi. Buning ham ramziy ma’nosi bo‘lsa kerak. Demak, kelayotgan yilda kinoga jiddiy e’tibor qaratiladi. Demak, kino ma’naviyatning uzviy bir bo‘lagi bo‘lib qolaveradi. Demak, davlat kino sohasini o‘z holiga tashlab qo‘ymaydi.

Prosmotr seriala Oltin Davrim - Sputnik O‘zbekiston
Oltin davrning kumush seriali yoxud shu akamga shu yangam ham bo‘laveradi
Ushbu uchrashuvdan xulosa shunday bo‘ldiki — davlat tarixiy-diniy, tarixiy-vatanparvarlik filmlari ishlab chiqarilishiga alohida e’tibor qaratadi. Filmlar prokati masalasini hal etish diqqat-e’tiborda bo‘ladi.

Shu o‘rinda soha yuzasidan ayrim fikr-mulohazalar.

Bugungi filmlarda tasviriy yechim anchayin oqsamoqda.

Deylik, har qanday filmda, tarixiy va, hatto, o‘zbeklarning allaqanday uran koniga o‘xshash joyda, tutqunlikda ishlatilishi to‘g‘risidagi filmda ham qahramonlar hozirgina "Go‘zallik saloni"dan chiqqan, sochlari chiroyli olingan va yiltillab turadi. Umuman tozalik, oliftalik o‘zbek kinosining bosh kamchiligi. O‘zbek aktrisalari ekranda xunuk ko‘rinishdan qo‘rqib, har qanday holatda ham o‘ziga oro berib, chiroyli bo‘lib chiqishga harakat qiladi. Biroq tashqi ko‘rinish, vaziyatga mos bo‘lishi kerak emasmi?

Rekvizitlar masalasida ham muammolar ko‘p. Lavhalardagi holatni ochib berishi mumkin va lozim bo‘lgan detallarga kam e’tibor qaratiladi, imkon qadar mayda detallarga e’tibor berilmaydi. Tushunarli, rekvizit qancha kam bo‘lsa, xato ham uncha kamayadi. Lekin bu holat tasvirning qashshoqlashuviga olib keladi.

Konsert Yulduz Usmanovoy v amfiteatre - Sputnik O‘zbekiston
San’atkorlarning sahnada o‘zini tutishi va muomala madaniyati nazorat ostiga olinadi
Qashshoq, deganday, bir paytlar, sovet davri qashshoqligida ulg‘aygan avlod qayta qurish jarayonida qo‘li to‘rt so‘m pul ko‘rib, hovliqib qolgan va topgan pulini bo‘yniga osib, qo‘liga taqib yuradigan (tilla taqinchoqlar, zanjirlar holida) odat chiqargan edi. Buni "ko‘rmaganning ko‘rgani qursin", deyishadi. Bugun, O‘zbekistondagi xususiy kino ham xuddi o‘sha ruhiy holatda — hammayoq dabdaba, yaltir-yultur, hashamatli saroylar, qimmatbaho mashinalar, haybarakalla turmush. Xullas, hayotdan uzilib qolgan.

Shu holatni aytadigan bo‘lsang, "kino bu — ertak", deyishadi. Aslida Hindistonning kinosi — ertak (holbuki ular ham bundan voz kechishmoqda). Kino esa — romantika. Boylik, dabdabali hayot emas, ko‘ngil va tuyg‘ular romantikasi!

Yuqorida aytilgan holat ko‘proq xususiy kinoga tegishli, davlat kinosida esa boshqa muammolar. Ularning tomoshabini yo‘q. "O‘zbekkino" MA faqat televidenie uchun ishlayapti. Unda namoyish etilmasa, hech kim ko‘rmaydi.

Davlat kinosi yo tomoshabin tushunib yetmaydigan darajada chuqur falsafiylashgan (Gegel darajasida, deyish ham mumkin) yoki ensani qotirar darajadagi rasmiy (hujjatli film darajasida).

Komediyasida samimiylik bor, kulgi yo‘q ("Boriga baraka"), dramasida falsafa, samimiylik bor, tomoshabinni ushlab turuvchi asosiy voqea yo‘q ("Pari"), ayrim rejissorlarda o‘z-o‘zini takrorlash kuchaygan ("Novda").

Aktrisa Nargis Abdullayeva - Sputnik O‘zbekiston
Nargis Abdullayevaning ikki hayoti
O‘zini hurmat qilgan aktor hech qachon bir obrazni filmdan filmga olib o‘tmaydi. O‘zbekistonda esa bu odatiy hol. Eng mashhur o‘zbek aktorlari hatto endi-endi chiqib kelayotganlari ham bir obrazli aktorga aylanib qolgan. Tomoshabinlar ham kinoga uni ko‘rish uchun tushadi, obrazni emas. To‘g‘ri, buni aktorning aybi, deb bo‘lmaydi. Iqtidorli, o‘z ishining ustasi bo‘lgan rejissorlarning yetishmasligidan shu hol yuzaga kelgan. Ushbu holat rejissorlar aktorlar yetovida yuribdi, degan xulosa chiqarishga sabab bo‘ladi.

Aktor oldiga aniq vazifa va talab qo‘yib, tavakkal qiladigan rejissor yo‘q, chamasi.

Bundan yuz yillar burun kino haqida "san’atlar ichida eng muhimi", deb aytilgan gap bugun ham dolzarbligicha qolmoqda.

O‘tgan yilda "Kinochilar uyi" buzildi, shu bilan birga ularning ongidagi eski qoliplar, qarashlar, fikrlar ham buzildimikin?

Ko‘ramiz! Yo kinochilar yoki vaqt ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0