TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Sankt-Peterburg "Perekrestok" savdo do‘konida portlashni tashkillashtirgan va ijro etgan shaxsni qo‘lga oldi, deb xabar qildi ushbu xizmat matbuot xizmati.
"FXX 2017-yilda 30-dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor qidiruv chora-tadbirlar davomida Sankt-Peterburgdagi "Perekrestok" savdo do‘konida qo‘lbola yasalgan portlash qurilmani tayyorlagan va portlashni ijro etgan shaxs aniqlanib, u qo‘lga olindi", — deyilgan xabarda.
Ayblanayotgan shaxs Rossiya Tergov qo‘mitasiga kelgusi tergov harakatlarni amalga oshirish yuborish uchun topshirilgan.
Hozirgi vaqtda tergovchilar ayblanayotgan shaxsni so‘roq qilishmoqda.
Tergovchilar uni hibsga olish bo‘yicha qaror tayyorlanmoqda, deb ma’lum qildi RIA Novosti Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenkoga tayangan holda.
Bir qator OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs ruhiy xastaliklar dispanserida hisobda turgan.
Eslatib o‘tamiz, 27-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi "Perekrestok" savdo magazinida portlash sodir bo‘ldi. Portlashda jami 13 kishi jarohatlangan bo‘lib, olti kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Payshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu sodir etilgan holatni terakt deb atadi.