TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2017-yilning 28-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi "Perekrostok" savdo magazinida portlashda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi ham borligini ma’lum qildi.
Portlash natijasida 10 kishi jarohatlangan. Ular orasida 1957-yil 10-iyunda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Ivrikul Izbekovich Alikulov bor. U Aleksandrovskiy nomli 17-sonli shahar kasalxonasiga yetkazilgan va unga shu yerda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, I.Alikulovning ahvoli barqaror og‘ir, ammo hozirgi paytda uning hayotiga tahdid yo‘q.
TIV Konsullik boshqarmasi va O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi konsul xodimlari Sankt-Peterburg rasmiylari bilan aloqada bo‘lib, jabrlanganga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.