TOShKENT, 28 dek – Sputnik. "Perekrestok" magazinidagi portlashda jabrlanganlar yotqizilgan Aleksandrovsk kasalxonasi shifokorlari jabrlanganlardan biri, O‘zbekiston fuqarosini operatsiya qilishga tayyorlanishmoqda, dedi jurnalistlarga kasalxona bosh vrachi o‘rinbosari Aleksandr Chikin.
"Qorin bo‘shlig‘iga jarohatlovchi unsur kirgan, tez orada operatsiya o‘tkaziladi", — dedi u.
Chikin kompyuter tomografiyasi tekshiruvi natijalariga asoslanib bu unsur tashqi ko‘rinishidan gaykaga o‘xshashligini aytdi.
"Barcha bemorlar tez vaqtda davolanib shifoxonadan chiqadi deb umid qilaman", dedi Chikin deb yozadi RIA Novosti.
Eslatib o‘tamiz, 28-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi "Perekrestok" savdo magazinida portlash sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar orasida 1957-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Ivrikul Alikulov bor.
Portlashda jami 13 kishi jarohatlangan bo‘lib, olti kishi kasalxonaga yotqizilgan.