Sergelidagi yangi qurilgan uylar berilishi bo‘yicha 11 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi

© UzA / Abu Bakir Urozov, Sarvar UrmonovNovie doma v Sergeliyskom rayone
Novie doma v Sergeliyskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar prokuraturasi aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Toshkent shahar prokuraturasi Sergeli tumanidagi kam ta’minlangan oilalar uchun mo‘ljallangan ko‘p qavatli arzon uylarni taqsimlanishida aniqlangan qonunbuzarliklar bo‘yicha Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Masopererabativayushee predpriyatie - Sputnik O‘zbekiston
Bozor va kolbasa sexlariga 10-yildan beri yaroqsiz go‘sht sotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkent shahar prokuraturasining rasmiy vakili Bobir Dehqonovning so‘zlariga ko‘ra, prokuraturasi organlari tomonidan Sergeli tumanida kam ta’minlangan oilalarga yangi qurilgan xonadonlarni topshirishning noqonuniyligini xususidagi faktlarni o‘rgandi. Mazkur jarayon keng qamrovli bo‘lib, ko‘p mutaxassislar, malakali xodimlar jalb qilindi va atroflicha o‘rganildi. O‘rganish vaqtida qator qonunbuzarliklar aniqlandi.

Jumladan uy-joyga muhtoj bo‘lmagan oilalarga uy-joylar berilgani, komissiya hujjatlarini soxtalashtirish, kadastr xizmatlari tomonidan soxta hujjatlar taqdim qilish, yosh oilalardan muhtoj bo‘lmaganlarga uy ajratish holatlariga duch kelingan, xususan juda ko‘plab fuqarolar hokimiyat idoralariga murojaat qilishgan uy-joy masalasida. Ularning barchasi prokuratura idoralari tomonidan o‘rganib chiqildi. Mazkur murojaatlarni ko‘rib chiqishda ham hokimiyat idoralari fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik meyorlarini buzganligi aniqlandi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Sergeli tumanida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi

Yangi qurilgan uy-joylarni berish tartib qoidalari bo‘yicha, maxsus komissiya murojaat qiluvchining arizasini o‘rganadi, ushbu tartiblar ham buzilgani aniqlandi. Uy-joylarni yetarli asoslarsiz fuqarolarga berish holatlari aniqlandi. Bundan tashqari, fuqarolarning o‘zlari ham hujjatlarni topshirishda ish joyi, maoshiga doir ma’lumotlarni soxtalashtirganligi yuzaga chiqqan.

Qonunbuzilishlarning barchasi bilan bog‘liq holatlar chuqur tahlil qilinib, 11 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 205-moddasi (xizmat mansabini suiiste’mol qilish), 207-moddasi (xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarash), 209-moddasi (xizmat soxtakorligi) va 144-moddasi (yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini qabul qilishda qonun talablarining buzilishi holatlari) bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0