2017 yilning eng ajoyib lahzalari

© Novosti Uzbekistana / M. DjangirovElektronnaya shpargalka ne pomogla abituriyentu: Premyer-ministr posovetoval yemu postupat v TUIT
Elektronnaya shpargalka ne pomogla abituriyentu: Premyer-ministr posovetoval yemu postupat v TUIT - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik tahririyati 2017-yil davomida xorijiy va O‘zbekiston OAVlarda keng yoritilgan va jamoatchilik o‘rtasida faol muhokama qilingan ajoyib va kulguli hodisalarni yodga olmoqda

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. 2017-yilda yuz bergan ajoyib hodisalar xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarda keng yoritilib, jamoatchilik o‘rtasida faol muhokama qilindi.

"Danaker" ordenini olgan Mirziyoyev

13 dekabrda O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov prezident Shavkat Mirziyoyevga "Danaker" ordeni topshirgandi. Ordenni qabul qilib olgan Mirziyoyev o‘z minnatdorligini bildirar ekan, samimiy nutq so‘zladi.

Saaranbay Jeenbekov vruchil orden Shavkatu Mirziyoyevu - Sputnik O‘zbekiston
"Men bugun baxtliman": "Danaker" ordeni bilan taqdirlangan Mirziyoyevning samimiy nutqi

Ikki prezidentning OAV vakillari uchun bayonoti o‘z yakuniga yetganida, zalni orden bilan tark etayotgan O‘zbekiston prezidenti jurnalistlarga qarata hazil gap aytdi.

"Eslaringizda bo‘lsin, bugungi matbuot-anjumani tarixiy bo‘ldi. O‘zbekiston prezidenti matbuot-anjumanini orden bilan tark etmagan shu paytgacha. Bu ordendagi tilla va kumushlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigiga ham yetadi".

Shpargalka bilan qo‘lga tushgan abituriyent

1 avgust kuni Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish uchun o‘tkazilgan imtihon paytida abituriyentlardan biri test sinovlariga shpargalka bilan kirishgan uringan. U o‘z qo‘li bilan mo‘’jazgina elektron qurilma yasagan va test sinovlaridan ikki kun oldin hojatxonaga yashirib qo‘ygan.

Imtihonga tayyorgarlik - Sputnik O‘zbekiston
Abituriyentmi yo jinoyatchi: 1-avgust tomoshalari

Test boshlanishi bilan u hojatga chiqib kelishga ruxsat so‘ragan. U yashirib qo‘ygan joyidan qurilmani olib, imtihon bo‘lib o‘tayotgan binoga qaytib kirishga uringan. Ammo uning bu hiylasi o‘tmadi. Qurilma fosh etildi, "ixtirochi" esa imtihondan chetlatildi.

Aytilishicha, o‘sha vaqtda bosh vazir Abdulla Aripov test sinovlari qanday o‘tayotganligi bilan tanishish uchun kelib qolgan. U elektron shpargalkani qiziqish bilan ko‘zdan kechirgan, abituriyentning ixtirochiligini hazil aralash baholagan hamda unga Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga kirishni maslahat bergan.

Putindan bir latifa

14 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning katta matbuot-anjumani o‘tkazildi. Putinga "Rossiya o‘z mudofaasiga qancha mablag‘ sarflaydi va bu harajatlar mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazmaydimi?", — degan savol berildi. Putin ushbu savolga javob berar ekan, eskiroq latifani yodga olib, "o‘z armiyasini boqishni istamagan davlat, boshqa mamlakat armiyasini boqadi", deli va xuddi shu mavzuda zamonaviyroq latifani aytib berdi. Sobiq ofitserning oldiga o‘g‘li kelibdi va u o‘g‘lidan:

— Mana bu yerda qisqa xanjar turgandi, qani?, — deb so‘rabdi.

Yejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF Vladimira Putina - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiya mudofaasi haqidagi savolga latifa bilan javob berdi

— Meni urishmang, men uni qo‘shni hovlidagi bolakayning soatiga almashtirdim, — javob beribdi o‘g‘il.
— Soatni ko‘rsatchi, ha, yaxshi soat. Lekin ertaga uyimizga bosqinchilar kelib, meni, oyingni, akalaringni o‘ldirishsa, singlingni zo‘rlashsa… Sen ularga nima deysan? Xayrli kech, Moskva vaqti bilan 12 dan 30 daqiqa o‘tdi deysanmi?

Putinning latifasidan keyin zalda kulgi ko‘tarildi.

"Endi daf bo‘ling"

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov shveysariyalik hamkasbi Didye Burkxalter bilan uchrashuvi oldidan shveysariyalik jurnalist savollariga "haqiqiy ruscha" javoblar qaytardi.

Muxbir Lavrovdan janob Burkxalterning BMT Bosh assambleyasidagi so‘nggi ishtirokida unga qanday tilaklari borligini so‘radi. "Hozir matbuot anjumani bo‘lyaptimi?" — dedi Lavrov ayni paytda savol berishning mavridi emasligiga sha’ma qilib. So‘ngra u jurnalistga hech qachon "so‘nggi" degan so‘zni aytmaslikni tavsiya qildi. 

"Nima ham derdim, janob Burkxalter o‘ziga nimani tilasa unga shuni tilayman", — dedi vazir. So‘ng esa "biz insonlarga nima tilashimiz emas, har bir inson o‘ziga nima tilashi muhimroq" deya qo‘shib qo‘ydi.

"Ajoyib tilak bo‘ldi, juda ruscha", — dedi Shveysariya tashqi ishlar vaziri va Lavrovga minnatdorlik bildirdi.

"Endi esa daf bo‘ling", — dedi Rossiya vaziri jurnalistga va kulgi ko‘tarildi.

Erini ko‘zi bilan "teshvoray" degan Xillari

Shu yil yanvar oyida Trampning qasamodi tadbiriga kelgan Bill Klintonning nigohi sahnadamas, boshqa joyda bo‘lganini ko‘rgan Xillari eriga norozi qaragani internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamaga duch keldi.

Xillari Klintonning tadbir vaqtida chalg‘ib qolgan eriga o‘ziga xos nigoh tashlagani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiboridan chetda qolmadi.

Internet foydalanuvchilarining aksariyati labini tishlagan Bill Donald Trampning qizi — Ivankani "baholayaptiyov", deya taxmin qilishdi.

Melanya Tramp Donaldni noqulay ahvolga soldi

AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melanya uning qo‘lini yana bir bor ushlashdan bosh tortdi. Voqea AQSh prezidenti samolyoti Rimga kelib qo‘nganida yuz bergan. 

Lavhada Tramp qo‘lini turmush o‘rtog‘iga uzatadi. Ammo Melanya uning qo‘lini ushlashni rad etadi va sochlarini to‘g‘rilashga kirishadi.

Ilgariroq prezident samolyoti Isroilga kelib qo‘nganida xuddi shunday holat sodir bo‘lgandi.

Qoshlar Trampga qarshi

AQSh prezidenti Donald Tramp 24-iyul kuni Obamacare tibbiy sug‘urtasini tanqid qiluvchi nutq so‘zladi. Ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tibori Amerika prezidenti chiqishiga emas, balki uning ortida turgan qoshlari g‘alati ayolga "mixlandi".

Twitter foydalanuvchilari ayol qoshlarining tuzilishi Amerikaning sobiq prezidenti Barak Obama tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida o‘tkazilgan islohotlardan qoniqmaslikni ifodalamoqda, deya izoh berdilar.

Yangiliklar lentasi
0