Putin Rossiya mudofaasi haqidagi savolga latifa bilan javob berdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishYejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF Vladimira Putina
Yejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF Vladimira Putina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya o‘z harbiy harajatlariga yetarlicha mablag‘ sarflaydi, dedi Putin

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning katta matbuot-anjumani davom etmoqda. Putinga "Rossiya o‘z mudofaasiga qancha mablag‘ sarflaydi va bu harajatlar mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazmaydimi?", — degan savol berildi.

LIVE: Bolshaya press-konferensiya Vladimira Putina 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Putin "munosib raqiblarsiz saylov" haqidagi savolga javob berdi
Putin mamlakat mudofaasi haqidagi savolga javob berar ekan, eskiroq latifani yodga olib, "o‘z armiyasini boqishni istamagan davlat, boshqa mamlakat armiyasini boqadi", deli va xuddi shu mavzuda zamonaviyroq latifani aytib berdi.

Sobiq ofitserning oldiga o‘g‘li kelibdi va u o‘g‘lidan:

— Mana bu yerda qisqa xanjar turgandi, qani?, — deb so‘rabdi.

— Meni urishmang, men uni qo‘shni hovlidagi bolakayning soatiga almashtirdim, — javob beribdi o‘g‘il.

AQSh harbiylari Gruziyada - Sputnik O‘zbekiston
AQSh yemay-ichmay harbiy xarajatlarini oshirishga qaror qildi
- Soatni ko‘rsatchi, ha, yaxshi soat. Lekin ertaga uyimizga bosqinchilar kelib, meni, oyingni, akalaringni o‘ldirishsa, singlingni zo‘rlashsa… Sen ularga nima deysan? Xayrli kech, Moskva vaqti bilan 12dan 30 daqiqa o‘tdi deysanmi?

Putinning latifasidan keyin zalda kulgi ko‘tarildi.

Rossiya prezidenti latifa nihoyasida harbiy budjetga keraklicha mablag‘ sarflaymiz, dedi.

"Biz harbiy harajatlarimizni shunday taqsimlanganmiz-ki, u xavfsizligimizni ta’minlashi va shu bilan birga iqtisodimizga zarar yetkazmasligi holatlari inobatga olingan. Biz o‘z harbiy harajatlarimizga 46 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflaymiz", — dedi Putin va misol tariqasida AQShda bu ko‘rsatkich 700 mlrd dollarga yaqinligini aytib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0