Bojxona O‘zbekistonda yil davomida qancha tilla to‘xtatib qolingani haqida axborot berdi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishZolotie slitki
Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona tumanining chegaradosh hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.To‘rayev salkam 4 kg 800 gr og‘irlikdagi tilla quymalarni boshqa bir shaxsga berayotgan paytida qo‘lga olindi

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston bojxonachilari tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga doir navbatdagi bojxona koidabuzarliklarini fosh etishdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Istanbuldan uchib kelgan fuqarolar N.Nuritdinova va M.Mirzamahmudovalar bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida va yo‘lovchi bojxona dekratsiyasida ko‘rsatmasdan turib, tilla va zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirishayotganida to‘xtatib qolindi.

Kontrabanda zolota - Sputnik O‘zbekiston
Bojxonachilar joriy yil yetti oyi davomida 20 kg tilla kontrabandasini fosh etishdi
Xususan, Nuritdinova dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qiymati taxminan 100 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan 465 gr og‘irlikdagi, Mirzamaxmudova esa taxminan 45 mln. so‘mdan ortiq qiymatdagi 208 gr. og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan chetlab, olib kirmoqchi bo‘lishgan ekan.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida "Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 114 ta bojxona qoidabuzarliklari natijasida qiymati 2 mlrd 234 mln so‘mdan ortiq salkam 37 kg og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

Farg‘ona viloyati bojxonachilari esa yirik miqdordagi tilla va zargarlik buyumlarining respublikamizdan olib chiqib ketilishiga chek qo‘yishdi.

Kontrabanda zolota - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek bojxonachilari 2017-yilda 1 mln $lik tilla kontrabandasining oldini olishdi
Farg‘ona tumanining chegaradosh hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.To‘rayev o‘zi boshqaruvidagi "Neksiya" avtomashinasining o‘rindig‘i ostiga yashirilgan salkam 4 kg. 800 gr. og‘irlikdagi tilla quymalarni boshqa bir shaxs N.Karimovga berayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Surishtiruvlar davomida ma’lum bo‘lishicha, qiymati salkam 1 mlrd. 200 mln. so‘mlik 6 ta quyma tilla bo‘laklari respublikamizdan olib chiqib ketish uchun mo‘ljallangan ekan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga binoan, O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiya qilmaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar bojxona nazoratidan chetlab olib kirishgan urinilgan ushbu tovarlar juda ko‘p miqdorni tashkil qilsa, u holda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasiga muvofiq eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0