Bojxonachilar joriy yil yetti oyi davomida 20 kg tilla kontrabandasini fosh etishdi

© Press-slujba Ministerstva Finansov RAKontrabanda zolota
Kontrabanda zolota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida qiymati 1,3 milliard so‘mdan ortiq 20 kilogramm og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishining oldi olindi

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. "Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari qonunchilik tartibini buzishga uringan shaxslarni fosh qildi. Bu haqda Milliy axborot agentligi xabar qildi.

Sotrudniki Domodedovskoy tamojni izyali osobo krupnuyu  summu valyuti pri popitke nezakonnogo vvoza - Sputnik O‘zbekiston
Domodedovo aeroportida katta miqdordagi valyuta kontrabandasi aniqlandi

Boku-Toshkent reysi bilan uchib kelgan fuqaro G. bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda 5 juft zirak, 3 dona uzuk va boshqa zargarlik buyumlarini bagajidagi kiyimlarning ichki astariga qadab qo‘ygancha olib kirayotgan paytda to‘xtatib qolindi. Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan ushbu tilla taqinchoqlarning umumiy og‘irligi 52 grammni tashkil qildi.

Istanbul — Toshkent reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro X. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, ushbu ayol 107 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini yashirgani aniqlandi.

Hozir mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida aniqlangan 89 bojxona qoidabuzarligi bo‘yicha qiymati 1,3 milliard so‘mdan ortiq salkam 20 kilogramm og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishining oldi olindi.

Yangiliklar lentasi
0