O‘zbek bojxonachilari 2017-yilda 1 mln $lik tilla kontrabandasining oldini olishdi

© Press-slujba Ministerstva Finansov RAKontrabanda zolota
Kontrabanda zolota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kontrabandachilarning tilla taqinchoqlarni olib o‘tadigan eng keng tarqalgan kanallari avvalgidek Toshkent va bir qator viloyatlar markazidagi aeroportlar hamda avtomobil transporti bo‘lib qolmoqda

TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari 2017-yil yanvar-aprel oylarida respublika hududi orqali deyarli 3,5 mlrd so‘mlik (salkam 1 mln dollar) tilla va tilla buyumlar kontrabadasining oldini olishdi, deb xabar qildi RIA Novosti bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib.

"2017 yilning 4 oyi davomida bojxona xodimlarining huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorligida aniqlangan 50dan ortiq qonunbuzarlik holatlarida qiymati salkam 3,5 mlrd so‘mlik 23 kgdan ortiq og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi", — deyiladi xabarda.

Oltin taqinchoqlar - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda 5 kilo oltin taqinchoqlar davlat foydasiga musodara qilindi

2016 yilda O‘zbekiston bojxonachilari tomonidan musodara qilingan noqonuniy tilla va qimmatbaho metallarning umumiy qiymati 1,8 mln dollarga teng bo‘lgan.

Kontrabandachilarning tilla taqinchoqlarni olib o‘tadigan eng keng tarqalgan kanallari avvalgidek Toshkent va bir qator viloyatlar markazidagi aeroportlar hamda avtomobil transporti bo‘lib qolmoqda. Noqonuniy qimmatbaho metallar olib o‘tish holatlar asosan Moskva, Boku, Dehli va Istanbul yo‘nalishlarida uchraydi.

Qoidabuzarlar noqonuniy tilla buyumlarni olib o‘tish uchun turli xiylalardan foydalanishga harakat qilishadi. Masalan, Samarqand aeroportida uch nafar O‘zbekiston fuqarosining shaxsiy yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda 26 ta tilla taqinchoqlar aniqlangan. Ularning og‘irligi 5 kilodan ortiqni tashkil qilib, umumiy narxi 860 mln so‘m (MB kursiga o‘tkazilganda 230 ming $) baholandi. Kontrabandachilar taqinchoqlarni chamadon tutqichlariga joylashtirishgan hamda milliy taqinchoqlar va tugmalarga yashirishgan. Ular qimmatbaho yukni Moskva orqali Hindistonga olib borishga uringanlar, deb qo‘shimcha qildi bojxona matbuot xizmati.

"Moskva-Toshkent" reysi bo‘yicha O‘zbekistonga uchib kelgan Armaniston fuqarosi bojxonachilarning ko‘zini shamg‘alat qilish maqsadida qimmatbaxo brilliant toshlari bilan bezatilgan tilla taqinchoqlarni turli konfetlar va yupqa, ya’ni lavashlar orasiga yashirishga uringan. Ekspertlar ushbu noqonuniy yukni 9 ming $ miqdorida baholashgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan meyorlariga muvofiq umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan 5 donagacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0