Xorazmliklar uchun Qoraqalpog‘istonga sayohat dasturi e’lon qilindi

© Sovet ministrov KarakalpakstanaStai flamingo na ozere Sudochye v Karakalpakstane
Stai flamingo na ozere Sudochye v Karakalpakstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorazmliklarga sayohat davomida dunyoga mashhur I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi, Xo‘jayli tumanidagi Mazdaxkan majmuasi, "Tuproq qal’a" va "Ellik qal’a" arxeologik yodgorliklar bo‘ylab ekskursiya taklif etiladi

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida xorazmliklarni Qoraqalpog‘istonga sayohatga chorlamoqda.

Ichki turizm dasturining yangi yo‘nalishi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Nukus shahar, Beruniy, Ellikqal’a, Xo‘jayli tuman hokimliklari hamkorlikda ishga tushirilayotgani qayd etilgan.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Qoraqalpog‘iston va Xorazm tadbirkorlariga yangi imtiyozlar taqdim etdi
Xorazm viloyati tuman hokimliklari, korxona va tashkilotlari ishchi xodimlari dekabr oyidan boshlab Qoraqalpog‘iston bo‘ylab sayohat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, shu maqsadda, ichki sayyohlar qulayliklari uchun maxsus avtobus va mikroavtobuslar xizmat ko‘rsata boshlagan. 26-dekabr kuni Xorazmdan to‘rtinchi sayyohlar guruhi Qoraqalpog‘istonga yo‘l olgan. Ushbu yangi yo‘nalishdagi sayohatlar mart oyiga qadar davom etib, bir kunlik va ikki kunlik turlar tanlovi mavjud bo‘ladi.

Xorazmlik mehmonlarga Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan yetakchi turoperatorlar tomonidan arzonlashtirilgan narxlarda mehmonxona, avtotransport, ovqatlanish, hamroh gidlar xizmatlarini ko‘rsatish ta’minlanmoqda.

Sayyohlarni ovqatlanishlari uchun Meridian, Neo, Palvan Shakh, Karat, Sardoba, Elita, 1001 noch, Merlion, Las Vegas, Armada, Millan, Bodrum, Safari, Otabek Kumush restoranlari, Gold Millennium banket zali tunu kun xizmatda bo‘lishi qayd etilgan.

Ikki kunlik ekskursiya ishtirokchilari Qoraqalpog‘istonning quyidagi eng yaxshi mehmonxonalarida tunab qolishlari mumkin.

Nukus durdonalari ko‘rgazmasi ochilishi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘rta Osiyo Tretyakovi" - Saviskiy kolleksiyasi Moskvada
"Bir kunlik va ikki kunlik qiziqarli sayohat dasturi sayyohlarimizni miriqib sayr qilishlarini ta’minlashiga ishonamiz. Chunki, sayohat davomida dunyoga mashhur I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi, Xo‘jayli tumanidagi Mazdaxkan majmuasi, "Tuproq qal’a" va "Ellik qal’a" arxeologik yodgorliklar bo‘ylab ekskursiya taklif etiladi.

Tashkilotchilar tomonidan ma’rifiy ekskursiyalar bilan bir qatorda madaniy xordiqni ta’minlaydigan tadbirlar ham tashkil etilmoqda.

Ya’ni, xorazmlik sayyohlar Berdaq nomidagi akademik-musiqiy davlat teatrida "Edige", "Berdaq", "Alpomish" nomli sahnalashtirilgan teatrlar va Opera va balet, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat qo‘g‘irchoq teatrida "Shag‘ala", "Chavandoz" kabi folklor-etnografik ansambli hamda "Amu to‘lqinlari" folklor ansambli chiqishlaridan baxramand bo‘lishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0