TOShKENT, 25 dek — Sputnik. "RosGeoPerspektiva" kompaniyasi Navoiy viloyati Kazaxtau va Kazaxtau 1-maydonlarida mis va oltin geologik-qidiruv ishlarini amalga oshiradi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Rossiya kompaniyasi va O‘zbekiston geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Navoiy viloyatida geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha bitim loyihasini tayyorlashdi. Bundan tashqari, respublikada loyiha operatori sifatida Mistog kompaniyasi tashkil etildi.
"RosGeoPerspektiva" geologik qidiruv ishlarini o‘z hisobidan tadbirkorlik xavflari shartida o‘tkazilishi kutilmoqda. Birinchi yil kompaniya tomonidan mazkur loyihaga 3 million dollar sarflash rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston o‘z tomonidan Rossiya kompaniyasiga ushbu maydonlardan 5-yil muddatga foydalanish huquqini, keyinchalik muddatini uzaytirish shartlarda berish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, investorga ko‘plab imtiyozlar beriladi — barcha soliqlar va majburiy to‘lovlardan, shuningdek 5-yilga bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.
Tomonlar o‘rtasidagi yakuniy bitim O‘zbekiton prezidentining maxsus qarori bilan tasdiqlanadi. Bugungi kunda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston davlat geologiya qo‘mitasi va bir qator Janubiy Koreya kompaniyalari O‘zbekistonda joylashgan oltin konlarini o‘rganish va ishga tushirish borasida bir qator shartnomalar imzolangandi.
Koreya tomoni O‘zbekistondagi foydali qazilmalar maydonlarni o‘rganish va yangi konlar topish uchun 10 million dollar yo‘naltiradi.
O‘zbekiston eng yirik oltin, uran, mis, kaliy tuzlari, fosforit va kaolin zahiralari joylashgan o‘ntaligida o‘rin olgan. Oltin va uran qazib olish bo‘yicha respublika dunyoda yetakchi o‘rinlardan birida.
Bugungi kunda O‘zbekiston hududida 1931 ta turli foydali qazilma konlari mavjud. Ulardan 814 ta qurilish materiallari konlari, 624 ta toza va mineral suv osti suvlari, 235 ta uglevodorod, 152 ta metal, 37 ta tog‘-kon, 32 ta tog‘-kimyo, 30 ta rangli toshlar va 7 ta ko‘mir va yonuvchi slanes konlari mavjud.