TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekiston davlat geologiya qo‘mitasi va bir qator Janubiy Koreya kompaniyalari O‘zbekistonda joylashgan oltin konlarini o‘rganish va ishga tushirish borasida bir qator shartnomalar imzolashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Davlat Geologiya qo‘mitasi vakilining xabarlariga ko‘ra, dastlabki bosqichda Koreya tomoni O‘zbekistondagi foydali qazilmalar maydonlarni o‘rganish va yangi konlar topish uchun 10 million dollar yo‘naltiradi.
“Undan tashqari, biz Navoiyda joylashgan “Sautbay” volfram konidan Koreyaning Shindong Resources kompaniyasi bilan hamkorlikda foydalanishda davom etamiz. 2018 – 2019-yillarda xom-ashyo bazasini kengaytirish rejalashtirilmoqda”, — dedi suhbatdosh.
Ushbu kunlarda Janubiy Koreyada erishilgan yana bir muhim kelishuv – O‘zbekistonda Hanjin D&B kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy gidrofikatsiyalangan qazish uskunalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston eng yirik oltin, uran, mis, kaliy tuzlari, fosforit va kaolin zahiralari joylashgan 10 mamlakat qatoridan o‘rin olgan. Oltin va uran qazib olish bo‘yicha respublika dunyoda yetakchi o‘rinlardan birida.
Bugungi kunda O‘zbekiston hududida 1931 ta turli foydali qazilma konlari bor. Ulardan 814 ta qurilish materiallari konlari, 624 ta toza va mineral suv osti suvlari, 235 ta uglevodorod, 152 ta metal, 37 ta tog‘-kon, 32 ta tog‘-kimyo, 30 ta rangli toshlar va 7 ta ko‘mir va yonuvchi slanes konlari mavjud.