O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

© Sputnik / StringerZima v Tashkente
Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hududi bo‘ylab 26-dekabr kunidan boshlab yomg‘ir, qor, va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, respublikada 26-dekabr kunida havo sovub ketishi, yomg‘ir, qor va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda.

Anomalnaya jara - Sputnik O‘zbekiston
Hafta oxirida Qashqadaryo va Surxondaryoda 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 30-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27-28 dekabrda 2-7 daraja sovuq bo‘ladi, 29-30 dekabrda 3 daraja sovuq-2 daraja iliqgacha ko‘tariladi, kunduzi 27-dekabrda 0-5 daraja iliq bo‘ladi, 28-30 dekabrda 7-12 daraja iliqgacha ko‘tariladi; cho‘l hududlarda 27-29 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 30-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Tashkent nakril gustoy tuman - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda qalin tuman

Toshkent viloyati havo o‘zgarib turadi, 27-dekabrda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28-30 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 28-29 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 30-dekabrda kechasi 4 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 28-29 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 30-dekabrda kechasi 4 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 28-30 dekabrda kechasi 4 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Post MChS Uzbekistana na avtodoroge “Tashkent-Osh” cherez pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
"Qamchiq" dovonida tunu kun faoliyat ko‘rsatuvchi 14ta post tashkil etildi

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 27-dekabrda kechasi va kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 28-30 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-dekabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-dekabrda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 28-29 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 30-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 27-dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin, 28-30 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-dekabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-29 dekabrda 8-13 daraja sovuq, 30-dekabrda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 27-28 dekabrda 3-8 daraja sovuq, 29-30 dekabrda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0