Hafta oxirida Qashqadaryo va Surxondaryoda 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda

© Ana_JAnomalnaya jara
Anomalnaya jara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikada hafta oxirida harorat iliq bo‘ladi

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, respublikada hafta oxirida harorat iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 22-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 23-25 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat 22-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi, 23-25 dekabrda kechasi 0-5 darajagacha sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Sneg v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda harorat 15-17 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, 22-23 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 24-25 dekabrda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 22-dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 22-dekabrda 0-5 daraja sovuq, 23-25 dekabrda 2-7 daraja iliq, kunduzi 22-23 dekabrda 7-12 daraja iliq, 24-25 dekabrda 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Cho‘l hududlarda 22-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi, 23-25 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 darajagacha iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22-23 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 24-25 dekabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 22-dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 22-dekabrda 0-5 daraja sovuq, 23-25 dekabrda 2-7 daraja iliq, kunduzi 22-dekabrda 7-12 daraja iliq, 23-dekabrda 10-15 daraja iliq, 24-25 dekabrda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dekabr boshida havo haroratining keskin sovushi kutilmoqda

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, 22-23 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 24-25 dekabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 22-dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 22-dekabrda 1 daraja sovuq-4 daraja iliq bo‘ladi, 23-25 dekabrda 5-10 darajagacha iliq bo‘ladi, kunduzi 22-dekabrda 12-17 daraja iliq, 23-25 dekabrda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22-24 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 25-dekabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 22-23 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 22-dekabrda 0-5 daraja sovuq, 23-25 dekabrda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 22-23 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 24-25 dekabrda ba’zi joylarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 22-dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 22-23 dekabrda 1-6 daraja iliq, 24-25 dekabrda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0