TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Toshkent shahrini qalin tuman qopladi. Bu holat 14-dekabrdan buyon davom etmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, qalin tuman sababli 14-dekabr kuni kech 23.00da Qozog‘istondan Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan samolyot reysi kechiktirilgan.
Kechiktiruv sabablari ob-havoga bog‘liq bo‘lishini taxmin qilish mumkin, xolos. Chunki bu haqda "O‘zbekiston havo yo‘llari" rasmiy saytida hech qanday e’lon berilmagan.
16 dekabr ertalabki 9.00 holatiga ko‘ra tuman hali tarqamagan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Jizzax viloyatini ham qalin tuman qoplaganligi haqida yozmoqda.
Tarmoq foydalanuvchisi qalin tuman sababli yo‘llarda haydovchilar sekin harakatlanishayotganini bayon etgan."Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida harakatlanuvchi avtotransport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilari diqqatiga!
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bugun haydovchilarni ob-havoning yomonlashuvidan ogohlantirgan.
"Shu maqsadda Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda "Qamchiq" dovonida tunu-kun faoliyat ko‘rsatuvchi postlar tashkil qilingan bo‘lib, ushbu postlarda qutqaruvchilar, shifokorlar hamda YHXB xodimlari navbatchilik olib bormoqda", — deb xabar qilgan FVV.