Tarixiy murojaatnomadan iqtiboslar

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 22-dekabr kuni mamlakat tarixida birinchi marotaba Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda mavjud muammolar haqida ochiq-oydin, ayrim joylarda kesatiqlar bilan gapirdi va hozirgi kunga qadar "mudrab" yotgan deputatlarni bir necha marotaba "uyg‘onishga" da’vat qildi

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidentini u aytgan ayrim jumlalaridan keyin zaldagilar gulduros qarsaklar bilan olqishladilar. Ta’kidlash joizki, Mirziyoyev o‘z nutqi davomida, tadbirkorlar haqida gapirar ekan jahonninng eng aqlli kishisi va siyosatchisi sifatida nom qozongan Uinston Cherchilldan iqtibos keltirdi.

Opustevshaya stroyka: kak viglyadit mesto obrusheniya v Astane - Sputnik O‘zbekiston
Yigirma besh yil ichida industriyamiz yo‘q bo‘lib ketdi - Mirziyoyev
Quyida e’tiborlaringizga O‘zbekiston rahbari tomonidan tilga olingan eng aqlli, eng jo‘shqin, xalq dardini o‘z ichiga mujassam qilgan "xalqona" yorqin jumlalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

— "Qog‘ozda yuzlab masalalalarni hal qilgandan ko‘ra, amalda bir nechta masalalarni hal qilsangiz, xalq sizdan rozi bo‘ladi"

— "Qishloqda to‘yda (to‘rda) kim o‘tiradi? Avval "kottakon"lar, keyin BTI"

— "Gazi bo‘lmasa, sveti bo‘lmasa, buni ustiga bog‘cha ham bo‘lmasa… U to‘rt farzandli onamiz qayoqqa borsin?"

— "Biz 25-yil davomida ilm bilan shug‘ullanmadik, biz bor ilmni yo‘q qildik"

— "Menga tajriba kerak emas, menga millatni sevadigan odam kerak"

— "O‘lik qonunlar kimga kerak? Bizga odamlarni rozi qiladigan qonunlar kerak. Qonun qabul qilish amaliyotini qayta ko‘rib chiqamiz!"

— "Ostrogorskiy biladimi Qoraqalpog‘istondagi sharoitni? Sariosiyoning sovug‘ida Ostrogorskiyga o‘xshaganlar yashab ko‘rganmi?!"

— "Hokimni obro‘yi — davlatni obro‘yi, bitta pogon kiyganniki emas…"

— "Nihol" mukofoti kerakdir-ku, lekin menga kitob o‘qiydigan ko‘proq kerak"

— "Sport siyosatga aylanib ketgan bir vaqtda siyosatsiz sportni namuna qilmoqchimiz"

— "Shu paytgacha nogironlarni yashirib yurdik-ku!"

— "Kechagi deputat bugungi deputat bo‘lishga haqqi yo‘q. Deputatlar qandaydir ish qildi, degan gapni eshitganimiz yo‘q. Deputatlar uyg‘onishi kerak! Uyg‘onishi shart!"

— "Men yer tagida ilon qimirlasa bilaman. Men 13-yil Bosh vazir bo‘lib kabinetni qorovullab o‘tirganim yo‘q

— "Eng katta vabo — bu sudlarda!"

Tanzila Narbayeva – zamestitel premyer-ministra Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Norboyevani qattiq tanqid qildi
— "Huquq-tartibot organlari xodimlari yaxshi bilib olsin: tekshir-tekshir va dedi-dedi qabilidagi gaplar asosida javobgarlikka tortishdan xalqimiz qattiq charchagan. Vakolat doirasidan chiqib, barcha sohalarga aralashish, Vatan va xalq manfaati bir chetda qolib, o‘z manfaati yo‘lida idora nomini ro‘kach qilish davri o‘tdi endi. Rayonda yoki viloyatda o‘tirgan rahbarlar — prokurori, melisasi soliqchisi va milliy xavfsizlik xizmati rahbari ham gaplarimni yozib olsin —idorani nomi bilan g‘o‘ddayib yurish vaqti o‘tdi! Endi birorta fuqaro qalbaki dalillar, tuhmat va bo‘xtonlar asosida javobgarlikka tortilmasligi shart. Har bir huquqni muhofaza qilish organiga konstitutsiyaviy chegara bor, tamom. Konstitutsiyani buzishga hech kimning haqqi yo‘q. Konstitutsiyani buzishga mening ham haqqim yo‘q. Zamon o‘zgardi endi, hamma o‘zini ishi bilan shug‘ullanishi kerak"

O‘z nutqi davomida, Mirziyoyev "men aytmasam bu gaplarni, hech kim hech qachon sizlarga aytmaydi" dedi. Prezident haq. Hozircha "xalq noibi" bo‘lmish deputatlardan ham xalq dardini yengillashtiradigan yuqoridagi singari fikrlarni eshitganimiz yo‘q. 

Yangiliklar lentasi
0