TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida kelgusi yilda qurilish sohasini isloh qilish va jadal rivojlantirish asosiy vazifalardan biri bo‘lishini qayd etdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Mirziyoyev bu uylar Toshkentdagi boyvachchalarning nabiralari uchun emas, oddiy xalq uchun qurilganiga alohida urg‘u berdi.
Nega ko‘pqavatli uylar qurilmayapti, degan savolga to‘xtalar ekan, Mirziyoyev bu uchun industriya yo‘qligini ochiq aytdi.
"Industriyamiz yo‘q, 25-yil ichida yo‘q bo‘lib ketgan hammasi, yo‘q qilinganlar o‘rniga yangisi yaratilmadi", — deb qo‘shimcha qildi.
Prezident shuningdek, qurilish sohasini 2030-yilgacha innovatsion rivojlantirish dasturi ishlab chiqilishini ma’lum qildi.
"Biz qurilish-pudrat tashkilotlari va quruvchilarning zamonaviy avlodini yaratish ustida jiddiy bosh qotirishimiz zarur", dedi Mirziyoyev.