O‘zbekiston 2018-yilda Qirg‘izistonda Ravonning 2ta modelini ishlab chiqarishni boshlaydi

© Sputnik / Vadim ShekunRavon R2 na Moskovskom Mejdunarodnom avtosalone
Ravon R2 na Moskovskom Mejdunarodnom avtosalone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yengil mashinalar ishlab chiqarishda Qirg‘iziston tomonidan "Avtotsentr Estakada" kompaniyasi, O‘zbekiston tomonidan GM Uzbekistan hamkor bo‘ladi

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekiston kelgusi yildan Qirg‘izistonda Ravonning ikkita modelini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan, deb ma’lum qildi Sputnik muxbiriga hukumatdagi manba.

Noviy vnedorojnik Shevrole Treker - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan 2019-yildan yangi avtomobillar ishlab chiqara boshlaydi

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda tomonlar yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun uskunalarni yetkazib berish hamda GM bilan qator masalalarni kelishish bo‘yicha maslahatlashuvlar olib bormoqda.

"Yanvardayoq ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladigan maydonni shakllantirish va jihozlash ishlari boshlanishini ko‘zda tutmoqdamiz. Yengil mashinalar ishlab chiqarishda Qirg‘iziston tomonidan "Avtotsentr Estakada" kompaniyasi, O‘zbekiston tomonidan GM Uzbekistan hamkor bo‘ladi. Dastlabki namunalar 2018-yil oxirida ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan", — dedi suhbatdosh.

Uning aytishicha, bundan tashqari, O‘zbekiston va Qirg‘iziston kelgusi yilda yana ikkita loyiha – qishloq xo‘jalik texnikalari hamda yuk mashinalari va avtobuslar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan Piter va Samarada avtomobil yig‘ishni yo‘lga qo‘ymoqchi

"Avtobuslar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan maydonda ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Bu Qoraboltadagi avtota’mir zavodi bo‘ladi. Bu yerda, shuningdek, qishloq xo‘jalik texnikalari ham yig‘iladi. Hozirda mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish uchun uskunalar tanlanmoqda", — dedi manba.

Qayd etish joiz, GM Uzbekistan yaqin yillarda Qozog‘iston avtomobil bozorida yetakchilikni qo‘lga olishni hamda Sant-Peterburgda yig‘uv ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish orqali Rossiya bozorida mustahkam joy olishni rejalashtirgan.

Hozirda GM Uzbekistan o‘nta rusumdagi avtomobil: Nexia, Cobalt, Gentra, Malibu, Matiz, Spark, Captiva, Orlando, Damas va Labo ishlab chiqaradi.

Respublika ichida yengil avtomobillar Chevrolet brendi ostida ishlab chiqariladi. Eksportga esa Ravon savdo markasi ostida chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0