TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab Chevrolet Tracker va yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobillari seriyali ravishda ishlab chiqarila boshlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ushbu kelishuvga O‘zbekiston davlat rahbarining Janubiy Koreyaga bo‘lgan tashrifi davomida erishildi.
“Shartnoma doirasida kichik krossover Chevrolet Trackerning yangi avlodini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Yangi avtomobil 1,8 litr hajmga va 140 ot kuchiga ega bo‘lgan dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 100 km masofani bosib o‘tish uchun 8,1 litr yonilg‘i xarajat qiladi. Yangi avtomobilni ishlab chiqarish to‘liy jarayon bo‘yicha: kuzov detallarini qolipdan chiqarish, payvandlash, bo‘yash va jamlashorqali amalga oshiriladi. Avtomobilni lokalizatsiya qilish darajasi 50%dan oshishi kutilmoqda”, — deyilgan matbuot markazi xabarida.
Ushbu shartnoma Chevrolet Cobalt avtomobilini yangilashni ham nazarda tutgan. Bu ichki va tashqi bozorda ushbu avtomobilga bo‘lgan qiziqishni orttirishi kerak. Ishlab chiqarish Asakadagi zavodda 2019-yilda yo‘lga qo‘yiladi.
Undan tashqari tashrif davomida “O‘zavtosanoat” va DK Group orasida motosikllar va uch g‘ildirakli texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida shartnoma imzolandi. Ushbu motosikl va motorollerlar uzoq va yeib borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashayotgan aholi ehtiyojlarini qondirishi kerak. Bunday texnika yordamida kichik hajmdagi yuklarni ham tashish mumkin bo‘ladi.
Prezident tashrifi doirasida “O‘zavtosanoat” AJ va Koreya korxonalari orasida umumiy qiymati 189,9 million dollar bo‘lgan yettita shartnoma imzolandi. Shuningdek, boshqa savdo vaiqtisodiy sohalarda 614 million dollarlik shartnomalar imzolandi.