Toshkent mahallalarida o‘rnatilgan kameralar jinoyatlar ochilishiga yordam bermoqda

© PixabayKamera videonablyudeniya
Kamera videonablyudeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida 506 ta mahalla kuzatuv nazorat kameralari va signalizatsiya tizimi bilan jihozlangan

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Toshkent shahar aholi turar manzillarda "Xavfsiz shahar" loyihasi doirasida o‘rnatilgan video kuzatuv kameralari 50 foizdan ortiq jinoyatlarni ochilishiga yordam berdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Dorojnoe dvijenie v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda haydovchilar 11 oy davomida deyarli million marta qoida buzishdi

IIV polkovnigi Davron Azizovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahrining 506 ta mahallalarida nazorat kameralari o‘rnatildi. Bu qurilmalar yozuv ma’lumotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri militsiya tayanch punktlariga yetkaziladi. Mahalla fuqarolar yig‘inlari a’zolaridan bo‘lgan ko‘ngillilar monitorlar orqali ko‘chalarda nimalar yuz berayotganini kuzatib borishadi.

"Aholi istiqomat qiladigan uylar kirish podyezdlari, turar joy ko‘chalari, mashina turargohlar oldida o‘rnatilgan kuzatuv kameralar sodir etilgan jinoyatlarni ochilishiga juda katta yordam bermoqda. Barcha kelib tushgan yozuvlar arxivlanadi va maxsus serverlarda saqlanadi. Bu huquq tartibot organ xodimlariga istalgan vaqtda video yozuvlarni ko‘rish imkoniyatini beradi", — dedi suhbatdosh.

Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda YHQ qayd etish video kuzatuv kameralari ishga tushirildi
Toshkentda aholi turar joylarda video kuzatuv kameralarini o‘rnatish loyihasi o‘tgan yili boshlandi. Bu loyiha shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkillashtirildi. Dastlab bu maqsadlar uchun uy-joy shirkatlarining mablag‘laridan foydalanish rejalashtirilgan edi, biroq keyinchalik ushbu loyiha budjet hisobidan moliyalashtirishga qaror qilindi.

Poytaxtda kameralar bilan birga singnalizatsiyalar va "Xavf tugmalari" o‘rnatilgan. Bundan oldin, IIV 2017-yil 2017-yil oxirigacha barcha maktablar, litseylar va kollejlar ushbu tugmalar bilan jihozlanishi ma’lum qilingandi. "Xavf tugmasi" tizimi soatlik to‘lovi 1207 so‘mni tashkil etadi. Bugungi kunda ushbu xizmatdan kassalar, banklar, ko‘ngilochar muassasalar tomonidan samarali foydalanilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0