TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Namanganda 1-noyabrdan boshlab YHQ qayd etish video kuzatuv tizimi ishga tushirildi, deb xabar qildi Sputnik IIBB ma’lumotlariga tayangan holda.
Xabarda aytilishicha, birinchi bosqichda markaziy ko‘cha yo‘llarida 65 ta kamera o‘rnatildi. Kameralar 2 soat ishlashi davomida 196 ta YHQ buzilishi qayd etildi.
"Namanganda video kuzatuv kameralari, Toshkentda o‘rnatilgan tizimdan farqli ularoq ikki turdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi. Ushbu tizimning o‘ziga hos jihati shundan iboratki: kameralar qizil chiroqqa o‘tish va tezlikni oshirish bo‘yicha yanada ko‘proq holatlarni aniqlay oladi. Kelgusida bu ro‘yxat yo‘l chiziqlarini kesib o‘tish, qarama-qarshi yo‘lga chiqish, yo‘lovchilarni o‘tkazmaslik, ruxsat etilmagan joyda to‘xtash qoidabuzarliklari bilan to‘ldiriladi", — deb ta’kidladi suhbatdosh.
Shuningdek, Namanganda o‘rnatilgan kuzatuv tizimi qoidabuzarliklar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkent YHHBga yuboradi. Qoidabuzarliklarni rasmiylashtirish jarayoni Toshkentda o‘rnatilgan tizim kabi bir xil bo‘ladi. Jumladan, kamera orqali qayd etilgan barcha qoidabuzarliklar 3 kun ichida rasmiylashtiriladi va avtomashina egasiga pochta orqali xabardor etiladi. Avtomashina yuridik shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qoidabuzarlik uchun yuridik shaxs rahbari javobgar bo‘ladi.
Avtomashina egasi jarimani ikki oy muddat ichida to‘lashi mumkin. Inspektor tomonidan yo‘lda aniqlangan qoidabuzarlik uchun bir oy beriladi. Avtomashina egasi o‘z vaqtida jarima to‘lanmasa, xat borilgan kunning 61-chi kuni mashina jarima turargohiga joylashtiriladi.