Toshkentda haydovchilar 11 oy davomida deyarli million marta qoida buzishdi

© Yuriy Korsunsev / Gazeta.uzDorojnoe dvijenie v Uzbekistane
Dorojnoe dvijenie v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shundan 270 143 tasi qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar hisoblanadi

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. 2017-yil 1-yanvardan 1-dekabr kuniga qadar 924 736 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlandi, deb xabar berdi Toshkent ShIIB matbuot xizmati.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda piyodani urib, hodisa joyidan qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

Shundan 270 143 tasi qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar bo‘lib, jumladan, 65 047 tasini belgilangan tezlikni meyoridan oshirish qoidabuzarliklari tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 15-martdan Toshkent shahrida 115 ta chorrahada foto va video qayd qilish kameralari orqali yo‘l harakati qoidabuzarliklari qayd etilmoqda. Joriy yilning 15-mart kunidan 1-dekabr kuniga qadar 200 002 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 90 588 tasi transport vositalari haydovchilari tomonidan svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmaslik va 109 414 tasi belgilangan tezlikni meyoridan oshirishni tashkil etadi.

2017 yilning 11 oyi davomida jismoniy shaxslarning 186 252 ta va yuridik shaxslarning 54 113 ta transport vositalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan.

2017 yilning 1-oktabridan buyon 8 404 nafar fuqarolar tomonidan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yangisiga almashtirilgan hamda 1977 nafar avtomaktablarni tamomlagan fuqarolar yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini olganlar.

Yangiliklar lentasi
0