Gulnora Karimovaga AQShga kirish ta’qiqlandi

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka o‘tishGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Magnitskiy ro‘yxati"dan O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova ham o‘rin olgan

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Magnitskiy qonuni bo‘yicha sanksiyalar kiritilgan shaxslar ro‘yxatidan O‘zbekistonning sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimova ham o‘rin olgan, deb bayonot berdi AQSh Moliya vazirligi. RIA Novosti xabariga asosan.

Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Ramzan Qodirovni "qora ro‘yxat"ga kiritdi
Ro‘yxatga Gambiyaning prezidenti Yayya Jamme, isroillik ishbilarmon Dan Gertler, qurol-yarog‘ sotuvchi Slobodan Tesich, Myanmadagi Yangona shahri meri Maung Maung So, janubiy sudanlik siyosatchi va ishbilarmon Benjamin Bol Mel, pokistonlik jarroh-transplantolog Muxtor Xomid Shoh, O‘zbekistonni sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimova, dominikanlik ishbilarmon Angel Rondon Rixo, xitoylik davlat xavfsizligi sohasida ish yurituvchi amaldor Gao Yan, Rossiya Bosh prokurorining o‘g‘li Artem Chayka, "Berkut"ning sobiq komandiri Sergey Kisuk, gvatemalalik ishbilarmon Xulio Antonio Ramires va gambiyalik amaldor Yankuba Badje kiritilgan.

2013 yilning oktabrida Karimovaga qarshi uyushgan jinoiy guruh tarkibida 2001-2013 yillarda amalga oshirilgan tovlamachilik va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ishlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. 2015-yilning avgustida Gulnora Karimova sud tomonidan besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Prezident Islom Karimovning vafotidan so‘ng, 2016-yil sentabrda OAVlarda Gulnora Karimova o‘ldirilganligi haqida xabarlar tarqaldi, ammo bu ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi. Jenevalik advokat Manja Gulnorani 2016-yilning dekabrida Toshkentda ko‘rgani haqida ommaga ma’lum qilgan edi. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Karimova xalqaro normalarga zid sharoitlarda saqlanmoqda.

AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti "Magnitskiy qonuni"ni butun dunyoga joriy qildi
Joriy yil iyul oyida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha to‘liq rasmiy ma’lumotni e’lon qilgan edi. Unda qayd etilishicha, hozirda 12 ta xorijiy davlat hududida 1 mlrd 394,1 mln AQSh dollari, 63,5 mln yevro, 27,1 mln funt va 18,5 mln frank miqdordagi mablag‘ legallashtirilgan.

Gulnora Karimovaning korrupsiya va pulni o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishdagi aybi uyushgan jinoiy guruh a’zolari N.Sodiqov, R.Madumarov, Sh.Sobirov va boshqalarning, guvohlar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari, uyushgan guruh nazoratidagi 45 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar va 16 ta offshor kompaniyalar faoliyatini tekshirish materiallari, olingan yozma va ashyoviy dalillar, ekspertiza xulosalari hamda ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

Yangiliklar lentasi
0