Erdo‘g‘on jahon hamjamiyatini dollarga uchmaslikka chaqirdi

© AP Photo / Yasin Bulbul, Presidential Press Service, PoolPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Quddusni Isroil poytaxti deb tan olinishiga qarshi ovoz bergan mamlakatlarni AQSh moliyaviy yordamdan judo qiladi

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on BMT Bosh Assambleyasi Quddus bo‘yicha rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Gorod Iyerusalim - Sputnik O‘zbekiston
IHT davlatlari Sharqiy Quddusni Falastin poytaxti deb e’lon qildi
"Bugun BMTda ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi, AQSh prezidenti dag‘dag‘alar bilan chiqish qilmoqda. Demokratiya beshigi butun dunyodan sotilishi mumkin bo‘lgan ovozlarni qidirmoqda. Janob Tramp, siz Turkiyaning demokratik irodasini dollaringizga sotib ololmaysiz", — degan Erdo‘g‘on Anqarada so‘zlagan nutqi davomida.

U shuningdek, xalqaro hamjamiyatga murojaat qilib: "O‘z irodangizni sotmang", deb da’vat qilgan. Turkiya rahbari AQSh o‘zi kutayotgan natijaga erisholmasligiga hamda "dunyo Qo‘shma Shtatlarga yaxshigina saboq berib qo‘yishiga" umid bildirgan.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu sal oldin yevrey davlati ushbu ovoz berish natijalarini tan olmasligini ma’lum qildi. "Quddus — bu bizning poytaxtimiz, biz u yerda qurilishlarni davom ettiramiz va Isroildagi boshqa davlatlar poytaxtlari ham Quddusga ko‘chiriladi", degan u hamda BMTni "yolg‘on uyi" deb atagan.

Ministr inostranix del Tursii Mevlyut Chavushoglu - Sputnik O‘zbekiston
Chavusho‘g‘li butun dunyoni Falastinga yon bosishga chaqirdi
O‘n sakkizinchi dekabr kuni Vashington BMT Xavfsizlik Kengashida Quddusni Isroil poytaxti deb tan olish haqidagi qarorni bekor qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani bloklab qo‘ydi.

Bosh Assambleyada ushbu hujjat bo‘yicha ovoz berish jarayoni bugun bo‘lib o‘tadi.

Tramp ushbu rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan davlatlarga AQSh moliyaviy yordam berishni to‘xtatishi haqida bayonotlar qilishga ulgurdi.

Eslatib o‘tamiz, Amerika prezidenti Donald Tramp dekabr oyi boshida Quddusni Isroil poytaxti deb rasman tan olgani haqida e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng u Isroildagi AQSh elchixonasini Tel-Aviv shahridan Quddusga ko‘chirishni buyurdi. Amerika yetakchisining ushbu qarori ko‘plab davlatlarning, birinchi navbatda, Yaqin Sharq va Falastinning keskin noroziligini keltirib chiqardi.

Butun musulmon dunyosida, shu jumladan Isroilning o‘zida ham norozilik namoyishlari boshlandi va buning oqibatida yuzlab odamlar jabrlandi.

Yangiliklar lentasi
0