TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Istanbulda 13-dekabr kuni Quddus masalasiga bag‘ishlangan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari sammiti ish boshladi. Sammitda 48ta davlatdan vakillar, shu jumladan, 16ta davlat rahbarlari ishtirok etishmoqda. Yig‘ilishga Falastin prezidenti Mahmud Abbos ham kelgan.
Bu haqda u o‘zining Twıtterdagi mikroblogida yozgan.
"Islom dunyosi falastinlik birodarlarni ularning adolatli kurashida qat’iy qo‘llab-quvvatlashi kerak", deyiladi uning postida.
Bugun Istanbulda Quddus bo‘yicha IHT sammiti o‘tkazilib, unda IHTga a’zo davlatlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston tomondan ushbu favqulodda sammitga Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya yo‘l olgan.
Eslatib o‘tamiz, 11-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on o‘rtasida telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tgan edi. Ikki prezident Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammiti kun tartibidagi masalalar, jumladan, mintaqaviy va xalqaro siyosatning boshqa dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashgani rasman ma’lum qilingan edi.
Dunyoning ko‘plab mamlakatlari Trampning ushbu qarorini xato, deb baholashmoqda. AQShning bu qadami xalqaro huquqlarga zid ekanligi va u Yaqin Sharqda xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
"Quddusning Isroil poytaxti sifatida tan olinishi nafaqat musulmonlarga va arablarga, balki Quddusning nasroniy aholisiga ham qarshi qaratilgan", — deyiladi IHT rasmiy bayonotida.