TOShKENT, 20 dek — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi 19-dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda "Ukraina, Qrim Muxtor Respublikasi va Sevastopol shahrida inson huquqlari sohasi bo‘yicha holat to‘g‘risida"gi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar qildi BMT yangiliklar markazi.
Rezolyutsiyani 70 davlat qo‘llab-quvvatladi, 26 davlat unga qarshi chiqdi, 76 davlat esa betaraf qoldi.
O‘zbekiston ham Rossiya, Xitoy, Hindiston, Shimoliy Koreya, Qozog‘iston, Armaniston, Belarus, Venesuela, Boliviya, Tojikiston, JAR, Serbiya, Kuba va boshqa mamlakatlar qatori rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan.
BMT Bosh Assambleya rezolyutsiyasida «Qrim Muxtor Respublikasi va Sevastopol shahridagi inson huquqlari sohasi bo‘yicha holat» hujjat «vaqtinchalik bosib olingan Qrim aholisiga nisbatan kamsituvchi choralar va inson huquqlarining buzilishini qoralaydi» deyilgan.
Rezolyutsiya mualliflari Rossiyani Qrimni okkupatsiya qilinishidan oldin amal qilgan qonunlarga va xalqaro huquq doirasidagi majburiyatlariga rioya qilishga chaqirishgan.
Hujjatda Moskva Xalqaro Sudning Rossiyaga qarshi Ukraina da’vosi bo‘yicha 2017-yil 19-aprelda chiqarilgan vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi qarorini to‘liq holda va darhol bajarish zarurligi qayd etilgan.
Hujjatda Ukrainaning qismi bo‘lgan — Qrim Muxtor Respublikasi va Sevostopol shahri Rossiya tomonidan vaqtinchalik okkupatsiyasi qoralangan. Hujjat boshida "uning anneksiyasi tan olinmasligi" tasdiqlangan.
BMT Bosh Assambleyasi Uchinchi qo‘mitasi delegatlari 14-dekabr kuni rezolyutsiya loyihasini ma’qullashgan. O‘sha vaqtda rezolyutsiyani 71 davlat qo‘llab-quvvatladi, 25 davlat unga qarshi chiqdi, 77 davlat esa betaraf qolgandi.