TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Chorshanba kuni mustaqillik kuni sharafiga uyushtirilgan paradda ishtirok etish uchun Ukrainana tashrif buyurgan Jeyms Mettis Qo‘shma Shtatlar hech Qachon Qrimning Rossiya tarkibiga kiritilganini tan olmasligini aytdi.
"Biz Rossiya Federatsiyasi tarafidan Qrimning anneksiya qilinishini hech qachon tan olmaymiz va qabul qilmaymiz", — deb aytgan Mettis payshanba kuni Kiyevda Ukraina prezidenti Petr Poroshenko bilan uchrashuvi davomida.
Shuningdek, Mettis AQSh bundan buyog‘iga ham Ukrainaga mamlakatni himoya qilishda yordam berishini qo‘shimcha qilgan.
"Janob prezident, biz bundan buyog‘iga ham mamlakatingiz va Ukraina xalqini himoya qilishda sizga yordam berishga va’da beramiz", — degan Pentagon rahbari.