Moliya vaziri: kelasi yil inflyatsiya darajasi yuqori bo‘ladi

© Sputnik / Roman Galkin / Mediabankka o‘tishRabota investitsionnoy kompanii v Moskve
Rabota investitsionnoy kompanii  v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston moliya vaziri aytishiga qaraganda, obyektiv sabablar tufayli, 2018-yilda inflyatsiya darajasi 12-13 % bo‘lishi kutilmoqda. Aholini himoyalash maqsadida, hukumat asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxini barqaror darajada ushlab turish choralarini ko‘radi.

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Yangi yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi o‘tgan yillarga nisbatan yuqori bo‘ladi, dedi O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan Senat majlisida, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“Ilgarilari, yillik hisobotlarda ayrim raqamlarni keltirsak, miyig‘ida kulganlar ham bo‘lardi. Buni ochiq tan olish kerak. Shuning uchun, prezident xalqdan yashirmanglar, u bilsin, deb topshiriq berdi. Keyingi yil — ha, inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lishi kutilmoqda,  12-13% miqdorida”, — dedi Qo‘chqorov.

Vazir aytishiga qaraganda, prognoz qilinayotgan ushbu raqamlar haqiqiy inflyatsiya darajasiga yaqin. Chunki ularni Xalqaro Valyuta jamg‘armasi ham “indamay qabul qilgan”. Holbuki, oldingi yillarda XVF doimo “sizlar noto‘g‘ri hisoblayapsizlar” deb e’iroz bildirib kelgan.

Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank 2017-yilda inflyatsiya darajasi 11-12% bo‘lishini taxmin qilmoqda

Vazir inflyatsiya oshishga bir necha obyektiv sabablar borligi aytib o‘tdi. Jahon bozorida neft narxining oshishi, O‘zbekiston iqtisodini tashqi moliyalash miqdori o‘sishi, kreditlar berish mexanizmlari faollashuvi va boshqalar shular jumlasidan.

Inflyatsiya miqdori 10 va undan ortiq foizga o‘sishi, birinchi navbatda aholining eng kam ta’minlangan qatlami hayotiga ta’sir ko‘rsatadi. Oziq-ovqat narxlari keskin oshishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi yangi prezident farmoni loyihasini ishlab chiqdi.

Unda oziq ovqat importi sohasida alohoda korxonalarga imtiyozlar berishni, ushbu sohada monopolistik tuzilmalar tashkil qilishni ta’qiqlash ko‘zda tutilgan. Undan tashqari eng asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini import qiluvchi va sotuvga chiqaruvchi yagona davlat Fondi tashkil qilish ham rejalashtirilgan.

Ushbu choralar aholini oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin oshishidan himoya qilishga qaratilgan.

Rabota xlebozavoda Yemanjelinskxleb v Chelyabinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Oziq-ovqat importi sohasida teng raqobat o‘rnatiladi

Shu bilan bir vaqtda, oldin davlat tomonidan belgilangan yoki cheklab turilgan ayrim tovarlar narxlari butunlay erkinlashtirilib, ularni mahsulot va xom-ashyo birjalari orqali sotish yo‘lga qo‘yiladi.

Bu esa O‘zbekistonda erkin tadbirkorlik muhiti yaratishga, raqobatni rivojlantirishga, xorijiy sarmoyadorlar va hamkorlar oldida O‘zbekiston obro‘yini oshirishga olib keladi. Shu bilan birga, iqstisodga turli noiqtisodiy omillar ta’sirini kamaytirib,  uning samaradorligi oshiradi.

Erkin tadbirkorlik muhiti va to‘g‘ri olib borilgan moliya-iqtisodiy siyosat kelajakda, inflyatsiya darajasini 4-5%ga qadar tushishiga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0