Markaziy bank 2017-yilda inflyatsiya darajasi 11-12% bo‘lishini taxmin qilmoqda

© uz.24Sentralniy bank Uzbekistana
Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda inflyatsiya 2016-yilda 5,7%ni tashkil etgan

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 2017-yil yakunlariga ko‘ra inflyatsiya darajasi 11-12% atrofida bo‘lishi kutilmoqda, deb ma’lum qildi Markaziy bank monetar siyosat departamenti rahbari Ilhom Norqulov.

"Yil yakunlariga ko‘ra 11-12% darajani mo‘ljallamoqdamiz. Kelasi yilda inflyatsiya darajasi 10%dan past bo‘lishi mo‘ljallanmoqda", — dedi Norqulov bugun bo‘lib o‘tgan brifingda.

Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank vakili naqd dollar qachondan sotilishi mumkinligiga oydinlik kiritdi

U taxminiy inflyatsiya ko‘rsatkichlari yilning birinchi yarmida shakllangan omillar ta’sirida oshganligi va bu so‘m devalvatsiyasi bilan kam miqdorda bog‘liq ekanligini qo‘shib qo‘ydi.

"Taxminning o‘zgarishi iqtisodiyotga kredit ajratilishining o‘sishi bilan bog‘liq", — aniqlik kiritdi Norqulov.

U Markaziy bank 28-iyundan qayta moliyalashtirish stavkasini 9dan 14%ga oshirishga qaror qilganligini eslatib o‘tdi. Mavsumiy tebranishlar natijasida inflyatsiya sur’atining o‘sishi hamda iqtisodiyotga kredit berish hajmining o‘tgan yilga nisbatan tez o‘sishi shunday qarorga kelinishiga sabab bo‘lgan.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda inflyatsiya 2016-yilda 5,7%ni tashkil etgan. 2017-yilda inflyatsiyani 5,7-6,7% atrofida ushlab turish rejalashtirilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslar sentabr oyidan boshlab bozor kursi bo‘yicha valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini erkin amalga oshirishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0